Valeria Ogășanu (qizlik familiyasi: Marian; 1946-yil 23-sentyabr – 2023-yil 26-fevral) – ruminiyalik aktrisa.
Shaxsiy hayoti Valeria Ogășanu 1946-yil 23-sentyabrda Ruminiyaning Buxarest shahrida tugʻilgan. 1969-yilda Teatr sanʼati va kinematografiya institutini tugatgan. 1968-yilda Ogășanu „Here Come the Cyclists“ filmida ilk bor rol ijro etgan. U, shuningdek, „The Miscellaneous Brigade Goes Into Action“ (1971), „The Jderi Brothers“ (1974) va „Alarma in delta“ (1975) kabi mashhur filmlarda ham rol ijro etgan. Ogășanu Buxarestdagi „Bulandra“ teatrida ham faoliyat yuritgan.
Ogășanu aktyor Virgil Ogășanu bilan turmush qurgan. Ularning Mihai Ogășanu ismli oʻgʻli bor. Ogășanu 2023-yil 26-fevralda, 76 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ruminiyalik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar