Ergasheva Guli Ismoil qizi (1980-yil, 11-dekabr; Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani) – filologiya fanlari doktori (professor), „Shuhrat“ medali sohibasi.

Tarjimai holi Guli Ergasheva 1980-yil 11-dekabrda Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.

2000-yilda Andijon davlat universitetining bakalavr bosqichini, 2002-yilda esa Oʻzbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.

2018-yilda „Turli tizimdagi tillarda genderga oid terminologiyaning shakllanishida lingvistik va ekstralingvistik omillar“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Faoliyati 2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti aspiranti; 2006—2015-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti Ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi; 2015—2018-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti; 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi dotsenti; 2021—2022-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tilini oʻqitish metodikasi va taʼlim texnologiyalari kafedrasi professori; 2021—2023-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha dekan muovini; 2023—2025-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekani. 2025-yildan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti dekani. Mukofotlari „Yil ayoli“ milliy tanlovi gʻolibasi (2022-yil); O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-sentyabrdagi farmoniga asosan Ergasheva Guli Ismoil qizi „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Yana qarang Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Manbalar

Turkum:Andijon davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Dotsentlar Turkum:Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻqituvchilari