Tangirov Xurram Ergashevich (1980-yil, 16-oktyabr; Jizzax viloyati, Forish tumani) – pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (dotsent), „Shuhrat“ medali sohibi.

Tarjimai holi Xurram Tangirov 1980-yil 16-oktyabrda Jizzax viloyatining Forish tumanida tugʻilgan.

2004-yilda Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavr, 2007-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

2022-yilda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasini olish uchun „Interaktiv elektron axborot-taʼlim muhitida umumtaʼlim fanlarini o‘qitishni individuallashtirish metodikasi“ mavzusida dissertatsiya himoya qilgan.

Faoliyati 1997—1999-yillarda Jizzax Industrial Texnikumi talabasi (Buxgalterlik hisobi); 1999—2000-yillarda Forish tumani „Sharq“ MChJ kinobirlashmasida bosh hisobchi; 2000—2004-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti matematika-informatika yoʻnalishi talabasi (bakalavr); 2004—2006-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti „Taʼlim tizimini axborotlashtirish va multimedia“ ilmiy-uslubiy markazida muhandis-dasturchi; 2006—2009-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti „Axborot texnologiyalari markazi“da tarmoq boshqaruvchisi; 2005—2007-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti; 2007—2018-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti „Informatika va axborot texnologiyalari“ (keyin „Informatika oʻqitish metodikasi“) kafedrasi oʻqituvchisi; 2018—2022-yillarda. Jizzax davlat pedagogika instituti „Informatika va uni oʻqitish metodikasi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi; 2022—2023-yillarda Jizzax davlat pedagogika universiteti „Informatika va raqamli taʼlim texnologiyalari“ kafedrasi katta oʻqituvchisi; 2023-yil 24-martdan Jizzax davlat pedagogika universiteti „Informatika va raqamli taʼlim texnologiyalari“ kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi.

Ilmiy faoliyati Respublika va xalqaro darajadagi ilmi-uslubiy jurnallarda 140 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlari eʼlon qilingan. 10 ta o‘quv, o‘quv-uslubiy va uslubiy qo‘llanmalar, 4 ta metodik-tavsiyanomalar hammoliflik asosida chop etilgan. Tadqiqot ishi doirasida 2 ta monografiya chop etgan.

Mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-sentyabrdagi farmoniga asosan Tangirov Xurram Ergashevich „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Yana qarang Jizzax davlat pedagogika universiteti

Manbalar

Turkum:Jizzax davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari