Toshkent davlat agrar universitetidagi yongʻin 2024-yil 30-sentabr kuni sodir boʻldi.

Xronologiya 2024-yil 30-sentabr kuni (Toshkent vaqti bilan) soat 20:10 da Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlari boshlangan. Yongʻin 21:36 da qurshab olingan.

Yongʻin natijasida halok boʻlganlar va jarohatlanganlar toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud emas.

Manbalar

Turkum:2024-yil voqealari Turkum:Fojealar Turkum:2024-yil sentyabr oyida sodir boʻlgan voqealar