Haval (xitoycha: 哈弗; pinyin: Hāfú; barcha harflar katta qilib yozilgan) – bu Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisi Great Wall Motor (GWM) ga tegishli avtomobil brendi boʻlib, krossoverlar va SUV avtomobillariga ixtisoslashgan. Haval 2013-yil mart oyida GWM mahsulot liniyasidan alohida brend sifatida ajralib chiqdi. 2024-yil holatiga koʻra, Haval GWMning Tank, Ora va Wey kabi boshqa brendlari orasida eng mashhuri hisoblanadi.
Tarixi
Haval nomi birinchi marta 2005-yilning aprel oyida chiqarilgan Great Wall Haval CUV modelida ishlatilgan (dastlab „Hover“ deb nomlangan, keyinchalik „Haval H3“ deb oʻzgartirilgan). Bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan dastlabki kompakt SUVlardan biri edi. Great Wall Safe avtomobilining vorisi hisoblangan Haval CUV koʻproq shahar uchun mos dizaynga ega edi. Oldinroq Great Wall Motor (GWM) asosan pikaplar va yoʻltanlamas SUVlar ishlab chiqarardi. 2006-yil sentabr oyida 500 ta Haval CUV Italiyaga eksport qilindi. Bu Xitoyning xususiy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasining Yevropaga katta miqdordagi birinchi avtomobil eksporti edi.
2011-yilda chiqarilgan Great Wall Haval H6 oʻzining 100,000 yuanlik raqobatbardosh narxi bilan mashhurlikka erishdi. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng, 2013-yil mart oyida Haval oʻz logotipiga ega alohida brend sifatida ajralib chiqdi. Kompaniya GWMning Great Wall brendidan keyingi ikkinchi brendga aylandi. H6 oilasi tezda kengayib, kupe SUV versiyasi, dizel versiyasi va toʻrt gʻildirakli boshqaruv tizimiga ega modellarini chiqardi.
2017-yilda Haval brendi Red Label va Blue Label (Qizil va Moviy belgilar) nomli kichik brendlarga boʻlindi. Bu kichik brendlar mos ravishda qizil va moviy logotiplarni ishlatgan. Brendlar oʻrtasidagi farqlar avtomobilning tashqi dizayni, interierning tuzilishi va foydalanilgan materiallarida boʻlgan. Shuningdek, ushbu sub-brendlar turli dilerlik tarmoqlari orqali sotilgan. 2019-yilda bu strategiya bekor qilinadi va Haval logotipi qora rangga qaytariladi.
2018-yilda, Haval yoshlar segmentiga yoʻnaltirilgan F-seriya modellarini taqdim etdi. Bu modellar, masalan, F5 va F7, aerodinamik dizaynga ega edi.
2018-yilga kelib, Haval Xitoyda SUV savdosi boʻyicha toʻqqiz yil ketma-ket birinchi oʻrinni egalladi. 2019-yil yanvar oyida brend oʻzining 5 millioninchi avtomobilini ishlab chiqardi. Shu bilan birga, GWM asoschisi Vey Tsyanjun Havalning globalizatsiya strategiyasini (5-2-1 strategiyasi) eʼlon qildi. Bu strategiyaga koʻra, besh yil ichida brend yillik 2 million dona avtomobil sotishni va dunyodagi eng yirik SUV brendiga aylanishni maqsad qilgan.
2023-yil aprel oyida Shanxay avtosalonida Haval oʻzining yangi logotipini taqdim etdi.
Bozorlar
Haval brendi Avstraliya, Argentina, Braziliya, Bangladesh, Bolgariya, Yangi Zelandiya, Rossiya, Janubiy Afrika, Buyuk Britaniya, Benin, Tunis, Kot-d’Ivuar, Chili, Paragvay, Ekvador, Misr, Gvatemala, Boliviya, Peru, Malayziya, Bruney, Saudiya Arabistoni, Meksika va Filippin (2023 yildan boshlab), Zimbabve, BAA, Pokiston, Iroq, Eron va boshqa davlatlarda faoliyat yuritadi.
Haval Avstraliya bozoriga 2015-yil mart oyida H2, H8 va H9 modellari bilan kirib kelgan. 2017-yilga kelib, Avstraliyada Haval dilerlik tarmogʻi mamlakat boʻylab 15 ta dilerga ega edi. Taqqoslash uchun, 2015-yilgi brend taqdimotida bor-yoʻgʻi toʻrtta diler mavjud edi. 2018-yil boshida yana 10 ta diler qoʻshilishi kutilgan va 2024-yil fevral holatiga koʻra Haval dilerlar sonini 68 taga yetkazgan.
2019-yil iyun oyida Haval Rossiyaning Tula viloyati Uzlovaya sanoat parkidagi zavodida F7 va H9 modellarini ishlab chiqarishni boshladi.
Mahsulotlar
Hozirgi avtomobillar ModelHozirgi avlodAvtomobil tafsilotlariRasmiNom(lar)iXitoycha nomiTaqdim etilgan (kal. yil)Taqdim etilgan (kal. yil)YangilanishF7/Shenshou神兽 Shénshòu20212021 -Compact SUV, ICE/PHEVH3 / Cool Dog酷狗 Kùgǒu20222022 -Compact SUV, ICE/PHEVH5H520102023 -Toʻliq hajmli SUV.M6 -20172021Compact SUVH6 -201120172021Compact SUV, ikkinchi avlod.2020 -Compact SUV, uchinchi avlod, ICE/PHEV/HEVH6S / H6 GT -20212021 -H6ning Compact Coupe SUV variantiJolion初恋 Chūliàn20202020 -Compact SUV, ICE/HEV, Xitoyda savdolar 2021-yilda toʻxtatilgan, eksport davom etmoqda.Jolion Pro / Chitu赤兔 Chìtù20212021 -Compact SUV, ICE/PHEVDargo / Big Dog大狗 Dàgǒu20202020 -Compact SUVH7 / Dargo X / Big Dog X2023 -Compact SUV, ICE/PHEV, ikkinchi avlod modeliF7/F7x -20182018 -Compact Coupe SUV, Xitoyda savdolar 2021-yilda toʻxtatilgan, Rossiyada ishlab chiqarish davom etmoqda.Xiaolong枭龙 Xiāolóng20232023 -Compact SUV, PHEVXiaolong Max枭龙MAX Xiāolóng MAX20232023 -Oʻrta hajmli SUV, PHEVRaptor猛龙 Měnglóng20232023 -Oʻrta hajmli SUV, PHEVH9 -20142024 -Toʻliq hajmli SUV.
Toʻxtatilgan avtomobillar RasmiNom(lar)iTaqdim etilgan (kal.yil)Toʻxtatilgan(kal.yil)F520182020H220142021H2s20162019H420172020H6 Coupe20152021H720152021H820132018M4/H120132021
Manbalar