Oʻzbekiston Prezidentining inauguratsiyasi – saylangan Oʻzbekiston Prezidentining vakolatlarining boshlanishiga bagʻishlangan tantanali marosimdir. Prezidentning vakolat muddati yetti yil (avval besh yil). Inauguratsiya marosimi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy ravishda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan ikki oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida qasamyod qilgan paytdan eʼtiboran oʻz lavozimiga kirishishi belgilangan. Marosim davomida yangi Prezident Oʻzbekiston xalqi oldida qasamyod qiladi va Prezidentlik lavozimiga kirishadi.
Oʻzbekiston Prezidentining lavozimga kirishi marosimi 2021-yildan Oliy Majlisning yangi binosida oʻtkazilgan.
Jarayon Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 108-moddasida belgilanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yigʻilishida qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishgan hisoblanadi. Marosim davrida boshqa shartlar va qonun bilan tartibga solinmagan holatlar, Oʻzbekiston Konstitutsiyasida belgilangan ishtirokchilarning majburiy ishtirok etishi sharti bilan har qanday inauguratsiya ssenariysiga ruxsat beriladi.
Inauguratsiya marosimida Konstitutsiyada belgilangan shaxslarga qoʻshimcha ravishda, odatda, Oʻzbekiston hukumatini tashkil etuvchi boshqa shaxslar: Oʻzbekiston hukumatining raisi, vazirlar, idoralar rahbarlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbariyati, prokuratura, maxsus xizmat vakillari, viloyat rahbarlari, asosiy diniy konfessiyalarning yetakchilari, taniqli sanʼat va sport, fan, biznes vakillari, amaldagi hukumatni qoʻllab-quvvatlovchi jamoat va yoshlar tashkilotlari vakillari ishtirok etadilar.
Inauguratsiyada odatda quyidagi shaxslar qatnashadilar:
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati a'zolari
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Konstitutsiyaviy sud sudyalari Diplomatik vakolatxonalar rahbarlari Oʻzbekiston hukumati va viloyat hokimiyati vakillari Diplomatik korpus vakillari
Oʻzbekiston Prezidentining inauguratsiyasi ssenariysi thumb|Oʻzbekiston Prezidentining shtandarti Konstitutsiyaviy sud raisi, Markaziy Saylov Komissiyasi raisi va Oliy Majlis raisi minbarga koʻtariladi. Oʻzbekistonning yangi saylangan prezidenti korteji Sharof Rashidov koʻchasidan oʻtib, Islom Karimov koʻchasidagi Oliy Majlis binosi kirish qismida toʻxtaydi. Bino kirish qismida Oʻzbekistonning saylangan Prezidentini faxriy qorovul boshligʻi kutib oladi. Prezident tashrifidan soʻng marosim zaliga faxriy qorovul boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi va Oʻzbekiston Prezidentining shtandarti minbarning oʻng tomoniga davlat bayrogʻi, chap tomoniga esa prezident shtandarti qoʻyiladi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining maxsus nusxasi, muqaddas kitob Qur’oni Karim va Oʻzbekiston Prezidentining belgisi, Oliy nishon faxriy qorovul boshchiligida davlat rahbari qasamyod qiladigan minbarga qoʻyiladi. Bunday holda, Konstitutsiya va Qurʼon oʻng tomonga, Prezident belgisi esa chap tomoniga qoʻyiladi. Markaziy Saylov Komissiyasi raisi oʻtgan saylov natijalarini tanishtiradi va yangi prezidentga Prezidentlik guvohnomasini topshiradi. Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi Prezidenti qasamyodiga oid Prezidentlikka kirishish toʻgʻrisida maʼlumot va 108-moddaga izoh beradi. Shundan soʻng saylangan prezidentdan qasamyod qabul qilishni soʻraydi. Prezidentlik lavozimiga kiruvchi davlat rahbari oʻng qoʻlini Oʻzbekiston Konstitutsiyasining maxsus nusxasi va muqaddas kitob Qurʼoni Karimga qoʻyib, qasamyod matnini oʻqiydi. Shundan soʻng Oʻzbekiston prezidenti oʻz lavozimini egallagan hisoblanadi. Oʻzbekiston Prezidenti qasamyoddan soʻng marosim mehmonlari va Oʻzbekiston fuqarolari oldida nutq soʻzlaydi.
Qasamyod Oʻzbekiston Prezidentining qasamyodi matni Markaziy saylov komissiyasi raisi yangi Prezidentga mansabdorlikka qabul qilinganidan keyin Prezidentlik guvohnomasini topshiradi.
Inauguratsiya marosimida anʼanalarga koʻra Prezident oʻng qoʻlini Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va Qurʼoni Karimga qoʻygan holda, qasamyod qiladi:
Sana Oʻzbekiston Respublikasining Saylov Kodeksining 12-bob 65-moddasida Oʻzbekiston Prezidenti lavozimga kirishish muddati belgilangan.
Oʻzbekiston tarixida ilk Prezidentlik lavozimi 1990-yil 24-martda joriy qilingan boʻlsa-da, Prezidentlik qasamyod marosimi ilk bor 1992-yilda oʻtkazilgan. 1991-yil 30-dekabrda Islom Karimov Oʻzbekistonning birinchi prezidenti sifatida saylangan boʻlsa, 1992-yil 4-yanvarda Oliy Kengash binosida Prezidentlik qasamyodi va lavozimga kirishish marosimi boʻlib oʻtgan. Inauguratsiya marosimi turli yillarda haftaning shanba kunida uch bor, juma va chorshanba kunlari ikki bor oʻtkazilgan. Marosim uchun alohida sana va kun belgilanmagan. Prezidentlik saylovi natijalari eʼlon qilinganidan soʻng bir hafta muddat ichida oʻtkazilgan.
Inauguratsiya marosimlari roʻyxati SanaMarosimManzil11992-yil 4-yanvar (Shanba)Islom Karimovning birinchi inauguratsiyasiOliy Majlis Senati eski binosi, Toshkent.22000-yil 22-yanvar (Shanba)Islom Karimovning ikkinchi inauguratsiyasiOliy Majlis Senati eski binosi, Toshkent.32008-yil 16-yanvar (Chorshanba)Islom Karimovning uchinchi inauguratsiyasiOliy Majlis Senati eski binosi, Toshkent.42015-yil 10-aprel (Juma)Islom Karimovning toʻrtinchi inauguratsiyasiOliy Majlis Senati eski binosi, Toshkent.52016-yil 14-dekabr (Chorshanba)Shavkat Mirziyoyevning birinchi inauguratsiyasiOliy Majlis Senati eski binosi, Toshkent.62021-yil 6-noyabr (Shanba)Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi inauguratsiyasiOliy Majlis Senati yangi binosi, Toshkent.72023-yil 14-iyul (Juma)Shavkat Mirziyoyevning uchinchi inauguratsiyasiOliy Majlis Senati yangi binosi, Toshkent
Manbalar
Havolalar
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti (Rasmiy sayt)
Inauguratsiya Inauguratsiya Inauguratsiya Turkum:Oʻzbekiston Prezidentining inauguratsiyasi Inauguratsiya