Yevro hududThe euro area , European Central Bank, koʻpincha yevrozona (EZ) deb ataladi. bu Yevropa Ittifoqining (YeI) 20 aʼzo davlatidan iborat valuta ittifoqidir. Ular yevroni (€) asosiy valuta va yagona qonuniy toʻlov vositasi sifatida qabul qilgan va shu bilan birga EMU (Iqtisodiyot va Valyuta Ittifoqi) siyosatini toʻliq joriy etgan davlatlardir.
Yevrozonaning 20 ta aʼzolari quyidagilardan iborat:
Avstriya, Belgiya, Xorvatiya, Kipr, Estoniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya va Ispaniya.
Yevrozona aʼzosi boʻlmagan Yevropa Ittifoqining yetti davlati Bolgariya, Chexiya, Daniya, Vengriya, Polsha, Ruminiya va Shvetsiya bor. Ushbu davlatlar oʻz milliy valutalaridan foydalanishda davom etmoqda. Ammo Daniyadan tashqari barcha davlatlar yevroga oʻtish mezonlarini bajarganidan keyin yevrozona aʼzoligiga qoʻshilish majburiyatiga ega.
Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlmagan davlatlar orasida Andorra, Monako, San-Marino va Vatikan shahri Yevropa Ittifoqi bilan rasmiy kelishuvlar asosida yevroni oʻzining rasmiy valutasi sifatida qabul qilgan va oʻz tangalarini chiqaradi. Bundan tashqari, Kosovo va Chernogoriya bir tomonlama yevroni qabul qilgan. Ular oʻz valutasini ishlab chiqarmasdan, muomaladagi yevrolardan foydalanadi. Ammo bu olti mamlakat yevrozona institutlarida hech qanday vakillikka ega emasA glossary () issued by the ECB defines „euro area“, without mention of Monaco, San Marino, or the Vatican..
Yevrosistema yevrozonaning moliyaviy hokimiyatidir. Yevroguruh esa valyuta ittifoqi uchun moliyaviy siyosat ishlab chiqadigan moliya vazirlaridan iborat norasmiy tashkilotdir. Yevropa Markaziy Banklari Tizimi yevrozona va yevrozona aʼzosi boʻlmagan YeI aʼzolari oʻrtasidagi moliyaviy va monetar hamkorlik uchun mas’uldir. Yevropa Markaziy Banki (YMB) yevrozona uchun pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi. Shuningdek, tashkilot asosiy foiz stavkasini belgilaydi va yevro banknotlari va tangalarini chiqaradi.
2007-2008-yillardagi moliyaviy inqirozdan soʻng, tashkilot aʼzo davlatlarga iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish evaziga kreditlar berish boʻyicha qoidalar oʻrnatdi. Shuningdek, yevrozona ayrim cheklangan moliyaviy integratsiyalarni amalga oshirdi. Masalan, milliy byujetlarni oʻzaro tekshirish boshlandi. Bu masala siyosiy xarakterga ega va yevrozonadagi oʻzgarishlari boʻyicha kelishuvlar hali ham noaniq qolmoqda. Hozirgacha hech bir yevrozona aʼzosi tashkilotdan chiqmagan va chiqish yoki chiqarib yuborish uchun hech qanday qoidalar mavjud emas.
Hudud
Yevrozona 1998-yilda Yevropa Ittifoqining oʻn bir davlati yevroga oʻtish mezonlarini bajardi. 1999-yil 1-yanvarda yevro (milliy valutalar bilan bir qatorda) rasmiy ravishda muomalaga chiqarilishi bilan yevrozona tashkil topdi. Ushbu davlatlar Avstriya, Belgiya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya va Ispaniya edi. Gretsiya 2000-yilda mezonlarni bajardi va 2001-yil 1-yanvarda tashkilotga qabul qilindi.
Ushbu oʻn ikki asoschi aʼzo davlatlar 2002-yil 1-yanvarda yevro banknotlari va tangalarini joriy etdi. Qisqa oʻtish davridan soʻng, ular oʻz milliy tangalari va banknotlarini muomaladan chiqardi.
2007-yildan 2023-yilgacha sakkizta yangi davlat yevrozona aʼzosi boʻldi: Xorvatiya, Kipr, Estoniya, Latviya, Litva, Malta, Slovakiya va Sloveniya.
Mamlakat ISO kodi 1-yanvarda joriy etgan 2021-yilgi aholisi 2021-yilda nominal Yalpi Milliy Mahsulot (YMM) million AQSh dollarida yevrozona umumiy YMMsining ulushida 2021-yilda jon boshiga toʻgʻri keladigan nominal YMM AQSh dollarida yevrogacha foydalanilgan valyuta Yevroning yevrodan avvalgi valyuta bilan almashinuv kursi Yevrodan avvalgi valyuta ishlatilgan hududlar Yevro muomalada boʻlmagan hududlar AT 1999 schilling 13.7603 BE 1999 franc 40.3399 HR 2023 kuna 7.53450 CY 2008 pound 0.585274 Shimoliy KiprThe self-declared Turkish Republic of Northern Cyprus is not recognised by the EU and uses the Turkish lira. However, the euro does circulate widely. EE 2011 kroon 15.6466 FI 1999 markka 5.94573 FR 1999 franc 6.55957 French Pacific territories use the CFP franc, which is pegged to the euro at the rate of 1 franc to 0.00838 euro. DE 1999 Mark 1.95583 GRThe European Union internally uses the code EL for Greece, a deviation from the ISO 3166-1 standard. 2001 drachma 340.750 IE 1999 pound 0.787564 IT 1999 lira 1936.27 LV 2014 lats 0.702804 LT 2015 litas 3.45280 LU 1999 franc 40.3399 MT 2008 lira 0.429300 NL 1999 guilder 2.20371 Aruba is part of the Kingdom of the Netherlands, but not of the EU. It uses the Aruban florin, which is pegged to the US dollar at the rate of 1 dollar to 1.79 florins.Currently uses the Netherlands Antillean guilder and is planning to introduce the Caribbean guilder in 2025, after the change was delayed several times. Both are pegged to the US dollar at the rate of 1 dollar to 1.79 guilders.Uses the US dollar. PT 1999 escudo 200.482 SK 2009 koruna 30.1260 SI 2007 tolar 239.640 ES 1999 peseta 166.386 Yevrozona EZ Includes the population of Croatia, even though it was not a eurozone member in 2021.
Izohlar
Manbalar