Abdulla Oripov – 2023-yilda Muzaffarxon Erkinov tomonidan suratgan olingan, Oʻzbekiston Qahramoni unvoni sohibi, XX asr oʻzbek adabiyoti va sheʼriyatining taniqli vakili hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi matni muallifi, shoir Abdulla Oripov hayotini hikoya qiluvchi oʻzbek biografik filmi.
Suratga olish Film prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yildagi topshirigʻi asosida Kinematografiya agentligi tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda suratgan olingan.
Film Abduqayum Yoʻldoshev va Muqaddas Usmonova (Minhojiddin Mirzo va Furqat Usmonov ishtirokida) ssenariysi asosida tasvirga olingan boʻlib, bu jarayonda shoirning turmush oʻrtogʻi Xanifa Mustafoyeva koʻmaklashgan. Suratga olish ishlari Qashqadaryoning Nekoʻz qishlogʻidagi Abdulla Oripovning xonadonida, Jizzaxda, Toshkentda maxsus qurilgan dekoratsiyalarda, AQShning Hyuston, Nyu-York va Los-anjeles shaharlarida Abdulla Oripovning qizlari istiqomat qilayotgan xonadonlarda boʻlib oʻtgan. Bosh rollarni Shodmonqul Salomov, Qudratilla Burxonov, Gulchehra Jamilova, Rayhon Asadova, Muhammadali Abduqunduzov, Samiddin Lutfullayev, Lola Eltoyeva va Farhod Abdullayev kabi aktyorlar ijro qilgan. Film namoyishi 2023-yil 30-avgustda boʻlib oʻtgan.
Syujeti Filmda Abdulla Oripovning bolaligi, talabalik davri, ilk ijodiy yutuqlari, shoir sifatida shakllanish jarayoni va u orqali kechirgan hissiyotlari tasvirlanadi. Bundan tashqari filmda shoirning sevgisi, mashhurlikka erishish yoʻli, mashaqqat-u qiyinchiliklarga qaramay ijoddan chekinmagani va AQShda kechgan hayotining soʻnggi yillari ham oʻz aksini topadi.
Rollarda
Bosh rollarda
Abdulla Oripovning bolaligi – Jasurbek Abdumannopov; yigitlik va oʻrta yosh paytlari – Shodmonqul Salomov; keksalik davri— Qudratilla Burxonov; Xanifa Mustafoyevaning (Abdulla Oripovning rafiqasi) yoshligi – Rayhon Asadova; keksalik davri – Gulchehra Jamilova; Muhammadali Abduqunduzov – Shotursin Mirvaliyev; Samiddin Lutfullayev; Lola Eltoyeva – Klara Xadjayevna; Farhod Abdullayev Abror Yoʻldoshev – KGB xodimi.
Rollarda
Epizodlarda
Film musiqasi Filmdagi musiqalarni Abdulqosim Muinzoda bastalagan.
Tanqidlar Tanqidchilar tomonidan filmning syujeti, voqealar rivoji yetarlicha aniq va chuqur tasvirlanmagani, Abdulla Oripovning murakkab hayoti va ijodi yuzaki yoritilgani, uning shaxsiy hissiyotlari va qarashlariga chuqur kirib borilmaganligi taʼkidlangan. Film texnik jihatdan yaxshi ishlangan boʻlsa-da, syujet va xarakterlarning rivoji chuqurroq boʻlishi kerakligi qayd etilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:2023-yil filmlari Turkum:Biografik filmlar Turkum:Muzaffar Erkinov filmlari