Abdusalom xoji jome masjidi – Andijon viloyati, Jalaquduq tumani Doʻgqishloq mahallasida joylashgan masjid. 1998-yil 2-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1998-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Qurilishi Masjid binosi 1995-yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Binoda bir vaqtning oʻzida 1000 nafarga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 200dan ortiq ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud. 2020-yilda masjid xonaqosi joriy taʼmirdan chiqarilgan.

Masjidga uzoq yillarda buyon Muhammadjon Mamitov imomlik qilib kelmoqda. Manbalar

Turkum:Jalaquduq tumani Turkum:Andijon viloyati