Sara Serraiocco (1990-yil 13-avgustda tugʻilgan) – italiyalik aktrisa, „Counterpart“ teleserialidagi Baldwin roli bilan tanilgan.
Hayoti va karyerasi Sara Serraiocco 1990-yil 13-avgustda Italiyaning Pescara shahrida tugʻilgan. Yoshligidan raqs va kinoga ishtiyoqi baland boʻlgan. Aktyorlik karyerasini boshlashdan oldin biroz muddat raqs oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 2010-yilda Serraiocco Rimga koʻchib oʻtgan va u yerda Centro Sperimentale di Cinematografia nomli Italiya milliy kino maktabida oʻqigan.
Serraiocco „RS Roma“ nomli jinoyiy serialning bir epizodida rol ijro etganidan soʻng, 2013-yilda „Salvo“ filmida rol oʻynagan va 2013-yilgi Kann kinofestivalida „Tanqidchilar haftaligi“ Gran-prisi bilan taqdirlangan. Ushbu filmdagi Palermo chekkasida tarbiyalangan koʻzi ojiz qiz roli unga yana bir nechta mukofotlarni, jumladan, eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Italiyaning Oltin globus mukofotini va eng yosh isteʼdod yoʻnalishida „Guglielmo Biraghi“ Nastro d’Argentoni mukofotini keltirgan.
2014-yilda Serraiocco rejissyor Liliana Cavani tomonidan suratga olingan „Francesco“ mini-serialida Saint Clare rolini oʻynash uchun tanlab olingan.
2015-yilda esa rejissyor Lamberto Sanfelicening „Cloro“ nomli filmida rol oʻynagan. Film Robert Redfordning Sundance kinofestivalida ham, 65-Berlinale festivalida ham namoyish etilgan. Serraiocco ushbu roli uchun 2015-yilgi Globo d’oro mukofotida eng yaxshi aktrisa nominatsiyasiga sazovor boʻlgan. Oʻsha yili u Enrico Pau tomonidan suratga olingan „Accabadora“ filmida Tecla rolini oʻynash uchun tanlangan. Keyin esa 2015-yilgi Rim kinofestivalida hakamlar hay’ati tarkibiga taklif qilingan.
Serraiocco 66-Berlin xalqaro kinofestivalida Yevropaning eng yaxshi isteʼdodi sifatida Shooting Stars mukofotiga sazovor boʻlgan. Shu orada, u Marco Danielining „Worldly Girl“ nomli debyut badiiy filmida bosh rolni ijro etgan. Bu film Venetsiya kinofestivali doirasida oʻtkazilgan GdA dasturida namoyish etilgan. Uning ushbu filmdagi ijrosi bir qator eʼtiroflarga sazovor boʻlgan: eng yaxshi aktrisaga nomnatsiyasida Premio Pasinetti (Kino tanqidchilari milliy uyushmasi mukofoti), Globo d’oro va Nastri d’argento mukofotlari. Bundan tashqari, u Michele Riondino bilan birgalikda yilning eng yaxshi aktyorlik juftligi sifatida Oltin Ciak mukofotini qoʻlga kiritgan.
U 2017-yilda Giovanni Veronesi rejissyori boʻlgan „No Country for Young Men“ filmida Nora rolini ijro etgan boʻlib, film Radio 2 radio tarmogʻida Danieli tomonidan olib boriladigan radio shousidan ilhomlanib yaratilgan. Filmdagi roli uchun Serraiocco 2017-yilda „Bosh roldagi eng yaxshi aktrisa“ yoʻnalishida Nastri d’Argento mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. Shuningdek, u 2017-yilgi Venetsiya kinofestivalining Orizzonti boʻlimida taqdim etilgan Cosimo Gomezning „Brutti e Cattivi“ nomli debyut filmida bosh qahramon rolini oʻynagan. Serraiocco „Counterpart“ teleserialida Oscar mukofoti sovrindori J. K. Simmons bilan birgalikda Bolduin rolini ijro etgan. Ushbu filmdagi ijrosi unga „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ yoʻnalishida Autostraddle TV mukofotini keltirgan.
Filmografiyasi Filmlari Yil Film Rol Rejissyor(lar) Izoh 2013-yil Salvo Rita Fabio Grassadonia and Antonio Piazza 2015-yil Chlorine Jenny Lamberto Sanfelice The Accabadora Tecla Enrico Pau Lazarus Come Out Sara Lorenzo Caproni Qisqa metrajli film Marciapiedi Qiz bola Nicola Ragone 2016-yil Worldly Girl Giulia Marco Danieli 2017-yil No Country for Young Men Nora Giovanni Veronesi Ugly Nasty People Rosabella „Ballerina“ Terzi Cosimo Gomez 2018-yil A Jacket Giorgia Marco Armando Piccinini & Michele Placido Qisqa metrajli film Travelling with Adele Adele Alessandro Capitani 2019-yil The Ruthless Mariangela Renato De Maria 2020-yil Thou Shalt Not Hate Marica Minervini Mauro Mancini I’m Fine Leo Donato Rotunno The Italian Boys Sara Lorenzo Caproni 2021-yil All Star: Return to the Cinema Chiptalar agenti Vincenzo Alfieri Qisqa metrajli film 2022-yil Lord of the Ants Graziella Gianni Amelio Dry Giulia Paolo Virzì 2023-yil Il ritorno di Casanova Silvia Gabriele Salvatores The First Day of My Life Emilia Paolo Genovese 2024-yil Vermiglio Maura Delpero Sulla terra leggeri Miryam Sara Fgaier Under production Ho visto un re Giorgia Farina
Teleseriallari Yil Serial Rol Rejissyor Izoh 2014-yil Francesco Assisilik Clare Liliana Cavani Telefilm 2017-2019-yillar Counterpart Nadia Fierro / Baldwin Justin Marks 14 ta qism2024-yil Becoming Karl Lagerfeld Graziella Fontana Jérôme Salle
Mukofotlari Nastro dʼargento Yil Film Nominatsiya Natija 2014-yil Salvo Yilning eng yaxshi debyutanti 2017-yil Worldly Girl va No Country for Young Men Eng yaxshi aktrisa 2018-yil Brutti e cattivi Komediya janridagi eng yaxshi aktrisa 2021-yil Though shall not hate Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa
Italian Golden Globe Yil Film Nominatsiya NAtija 2014-yil Salvo Eng yaxshi aktrisa 2015-yil Cloro Eng yaxshi aktrisa 2017-yil Worldly Girl Eng yaxshi aktrisa
Berlin Film Festival Yil Film Nominatsiya Natija 2016-yil Cloro Yevropaning eng yaxshi talanti
Venice film festival Yil Film Nominatsiya Natija 2016-yil Worldly Girl Eng yaxshi aktrisa 2022-yil Siccità Eng yaxshi ansambl ijrochisi 2014-yil Salvo Eng yaxshi aktrisa
Ciak dʼoro Yil Film Nominatsiya Natija 2017-yil Worldly Girl Eng yaxshi juftlik
Festival du film dʼ Annecy Year Title Category Result 2015-yil Cloro Eng yaxshi aktrisa 2016-yil Worldly Girl Eng yaxshi aktrisa Autostraddle TV Award Yil Film Nominatsiya Natija 2018-yil Counterpart Ilmiy-fantastik serialda LGBTQ+ qahramoni rolini oʻynayotgan eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa
Manbalar
Havolalar
Turkum:Italiyalik aktrisalar