thumb|Kotla Muborakpurdagi Muborak Shoh qabri Muizuddin Muhammad Muborak Shoh (), tavallud paytidagi ismi Muborak Xon () – 1421–1434-yillarda Dehli sultonligini boshqargan Sayyidlar sulolasining ikkinchi monarxi.
Ajdodi Muborak Xon sulton Muborak Shoh Xizr Xonning oʻgʻli boʻlgan.
Hayoti Muborak Shoh II otasi Xizr Xondan keyin 1421-yilda taxtga oʻtirgan. Tavallud paytidagi ismi Muborak Xon boʻlib, hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Muizz-ud-Din Muborak Shoh yoki oddiygina Muborak Shoh nomini olgan. Sayyidlar o;sha vaqtda Amir Temurning vorisi Shohrux Mirzoga boʻysungan boʻlsa-da, Muborak Shoh mamlakatda sulton sifatida tan olingan. Shu bilan birga Temuriylar imperiyasi poytaxti Hirotdan Muborak Shoh uchun chopon yuborilgani va chatr (tantanali marosim) uyushtirilgani ham oʻsha davrda unga sadoqat koʻrsatilganidan dalolat beradi.
Muborak Shoh hukmronligi davrida hokimiyatga Dehli sultonligining katta hududlarni bosib olishga erishgan va hatto 1431-yilda Dehliga ham yurish qilgan panjoblik musulmon sulton Jasrat tomonidan katta tahdid solingan. Biroq Muborak Shoh yirik qoʻshin bilan unga qarshi yurish qilganidan keyin Jasrat orqaga chekingan. Ushbu buyuk gʻalabadan 2 yil oʻtib, Muborak Shoh 1434-yilda oʻldirilgan va uning oʻrniga jiyani Muhammad Shoh oʻtirgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Sayyidlar sulolasi Turkum:1434-yilda vafot etganlar