599-yil 17-mart (hijriy 24-yil Rajab oyining 13-kuni) – Ali ibn Abu Tolib Makka shahridagi Kaʼbada tugʻilgan. 610-yil – Ali Qurʼon nozil qilinishidan oldin islomni qabul qilgan. 613-yil – Yavm al-Inzor, Muhammad Banu Hoshimni islomni qabul qilishga daʼvat qilgan, uning daʼvatini faqatgina Ali qabul qilgan. 617–619-yillar – Hoshimiylarga qarshi Makka shahri boykot eʼlon qilganAshraf (2005), pp.300-302. 619-yil – Qaygʻu yili, Alining otasi Abu Tolib vafot etgan. 622-yil 622-yil sentyabr – Laylat ul-mabit, Ali Muhammadning Madinaga hijrat qilishida unga suiqasd qilinishining oldini olish maqsadida Muhammadning toʻshagida uxlab, oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan. Ali xotini Fotima, Ummu Kulsum bint Ali va boshqa ayollar bilan birga hijrat qilgan. 622 yoki 623-yil – Muhammad uni oʻziga birodar qilib tanlagan. 623-yil – Ali Muhammadning qizi Fotimaga uylangan. 624-yil 17-mart – Badr jangi, Ali birinchi marta jangchi sifatida boshqalardan ajralib turgan va taxminan 20 nafar butparastni oʻldirgan. Banu Qaynuqo yahudiylari Madinadan quvilgan. 625-yil Alining oʻgʻli, ikkinchi shia imomi Hasan ibn Ali tugʻilgan. Uhud jangida Ali dushman bayroqdorlarini yoʻq qilgan hamda islom qoʻshini magʻlubiyatga uchrab, koʻpchilik musulmonlar qochib ketgan vaqtda Muhammadning yonida qolgan va uni himoya qilgan. Banu Nodir yahudiylari Madinadan quvilgan. 626-yil Alining oʻgli, uchinchi shia imomi Husayn ibn Ali tugʻilgan. Banu Mustaliq gʻazoti sodir etilgan. 627-yil Xandaq jangida Ali arablarning qahramoni hisoblanmish Amr ibn Vodd ustidan jangda gʻalaba qozongan va uni oʻldirgan. Banu Qurayza qabilasi aʼzolari oʻldirilgan va qul qilingan. 628-yil Hudaybiya shartnomasi tuzilgan. Xaybar jangida Ali bayroqdor boʻlgan va Xaybar qoʻrgʻonini fath qilgan. Alining qizi Zaynab bint Ali tugʻilgan. 629-yil Ali paygʻambar Muhammad bilan Birinchi Hajga borgan. Alining akasi Jaʼfar ibn Abu Tolib Muʼta jangida halok boʻlgan. 630-yil Makkaning fath qilinishida Ali bayroqdor boʻlgan. Hunayn jangi boʻlib oʻtgan. Autas jangi boʻlib oʻtgan. Toif qamali sodir boʻlgan. Yirik arab qabilasi Banu Tayyga qarshi harakat rejasi tuzilgan. 631-yil Najron nasroniylari bilan oʻrtadagi diniy nizolarni hal qilish uchun urinish amalga oshirilgan. Banu Rumlaga qarshi yurish qilingan. Banu Zubudaga qarshi harakat amalga rejasi tuzilgan. Yamanga yurish qilingan. 632-yil Ali Makkada Vidolashuv ziyoratida qatnashgan. Gʻadir Xum yigʻilishi sodir boʻlgan. Islom paygʻambari Muhammad vafot etgan. Abu Bakr birinchi Roshidun xalifasi sifatida hokimiyatni egallagan. Alining turmush oʻrtogʻi Fotima vafot etgan. 644-yil – ikkinchi Roshidun xalifasi Umar oʻldirilgan. Uchinchi xalifa saylanadigan saylov kengashida Ali ham ishtirok etgan. 648-yil – Abbos ibn Ali tugʻilgan. 656-yil Uchinchi Roshidun xalifasi Usmon qamal qilingan va oʻldirilgan. Ali toʻrtinchi Roshidun xalifasi etib tayinlangan. Birinchi fitna (Birinchi islom fuqarolar urushi) boshlanganLewis (1991), p.215. Tuya jangi sodir boʻlgan. 657-yil Ali Roshidun xalifaligi poytaxtini Madinadan Iroqning Kufa shahriga koʻchirgan. 657-yil may–iyul – Siffin jangi boʻlib oʻtgan. 658-yil Siyosiy va diniy nizolarni tinch yoʻl bilan hal etishga qaratilgan Hakamlik sudi boʻlgan. Xazarjiylar isyon koʻtargan. 658-yil iyul – Nahravon jangi boʻlib oʻtgan. 659-yil Ali tomonida boʻlgan Misr hokimi magʻlubiyatga uchratilgan va Misr Amr ibn al-Os tomonidan bosib olingan. Xurrit ibn Rashid isyon koʻtargan. Muoviya I Iroqni talon-taroj qilgan. 660-yil Muoviya I Hijoz va Yamanni talon-taroj qilgan, biroq kechinchalik ortga chekingan. 661-yil 28-yanvar Ramazon oyining 21-kuni – Ali vafot etgan. U Abdurahmon ibn Muljam tomonidan Kufaning Ulugʻ masjidida oʻdirilgan va oradan 2 kun oʻtib, Najaf shahrida dafn qilingan. Alining oʻlimidan keyin Hasan ibn Ali xalifa etib tayinlangan. Muoviya I Damashqda oʻzini xalifa deb eʼlon qilgan.
Yana qarang
Islom tarixi Islom tarixining xronologiyasi Muhammad Madinada Muhammad Makka fath qilingandan keyin
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Ali