Ikki Diana () 1846-1847-yillarda Aleksandr Dumas muallifligi ostida nashr etilgan, lekin asosan uning doʻsti va hamkori Paul Meurice tomonidan yozilgan tarixiy roman. Sarlavhadagi „Ikki Diana“ Diane de Poitiers (Genrix IIning maʼshuqasi) va uning noqonuniy qizi Diane de Castrodir. Romanning syujeti Dumasning mashhur „Valois trilogiyasi“ dan oldinroq sodir boʻlgan. Asarning bosh qahramon Gabriel, comte de Montgomery boʻlib, undan tashqari Martin Guerre, Catherine de Médicis va Ambroise Parélar kabi qahramonlar ham bor. Meurice romanning dramatik versiyasini nashr etganida, Dumasning yozgan maktubi soʻzboshi qilinib, u hatto kitobni oʻqimaganligi va haqiqiy muallif Muerice ekanligi haqida soʻz yuritilgan. Shunga qaramay, Dumasning hech boʻlmaganda uning kompozitsiyasida maʼlum darajada ishtirok etganligi taʼkidlangan. F. W. J. Hemmingsning soʻzlariga koʻra, „Ikki Diana“ asarida „Dumasning mohirona uslubi umuman yoʻq“.
Manbalar
Turkum:Alexandre Dumas romanlari