Ummu Muhammad binti Solih () – Abbosiy malikasi, uchinchi Abbosiy xalifa al-Mahdiyning jiyani va xalifa Horun ar-Rashidning rafiqasi.

Ajdodlari Toʻliq ismi Ummu Muhammad binti Solih al-Miskin ibn Abdulloh al-Mansur boʻlgan.

Ummu Muhammadning buvisi Qali-al Farrashah yunon kanizak boʻlib, Al-Mansurning oʻgʻli Solih al-Miskinning onasi edi. Otasi Solih al-Miskin xalifa al-Mansurning kenja oʻgʻillaridan biri boʻlgan.

Hayoti Ummu Muhammad Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashidning xotini, shuningdek, uning amakivachchasi boʻlgan.

U Solih al-Miskinning qizi va Ummu Abdulloh Iso ibn Alining qizi edi. Ular 803-yilning noyabr-dekabr oylarida al-Raqqada turmush qurishgan. Ummu Muhammad bundan oldin dastlab uni rad etgan Ibrohim ibn al-Mahdiyga turmushga chiqqan edi.

Ummu Muhammadning birinchi eri Ibrohim Horun ar-Rashidning oʻgay ukasi boʻlgan. 780-yillarning boshlarida unga turmushga chiqqan, ammo oradan bir necha yil oʻtgach, ular ajralishgan. Birinchi eri bilan rasman ajralganidan keyin xalifa Horun ar-Rashid Ummu Muhammadga uylangan.

Ummu Muhammad Abbosiy xalifasi Horun ar-Rashidning ikkinchi xotini boʻlgan. Uning birinchi xotini Zubayda binti Jaʼfar Abbosiy malikasi, shuningdek, al-Mansurning nabirasi edi.

U ar-Rashid bilan turmush qurgandan keyin umrining koʻp qismini hukmdorning boshqa xotinlari bilan birga xalifalik saroyida oʻtkazgan. Ummu Muhammad 810-yillarda vafot etgan.

Oilasi Ummu Muhammad Abbosiylar xonadoniga ota va ona tomondan qarindosh edi. U, shuningdek, bir qancha Abbosiy xalifalari, shahzodalari va malikalari bilan ham qarindosh boʻlgan. №AbbosiylarQarindoshligi1Al-Mahdiyamakisi va qaynotasi2Muso al-Hodiyamakivachchasi va qayni akasi3Horun ar-Rashidturmush oʻrtogʻi4Muhammad al-Aminoʻgay oʻgʻli5Al-Maʼmunoʻgay oʻgʻli6Al-Qosim ibn Horun ar-Rashidoʻgay oʻgʻli7Ali ibn Horun ar-Rashid oʻgay oʻgʻli8Sukayna binti Horun ar-Rashidoʻgay qizi9Hamduna binti Horun ar-Rashidoʻgay qizi10Fotima binti Horun ar-Rashidoʻgay qizi11Iso ibn al-Mahdiy amakivachchasi va qayni ukasi

Manbalar

Adabiyotlar Al-Tabari; Hugh Kennedy (1990). The History of al-Tabari Vol. 29: Al-Mansur and al-Mahdi A. D. 763-786/A. H. 146-169

Turkum:Horun ar-Rashid Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr ayollari