Alisa Alekseyevna Kojikina (2003-yil 22-iyun, Kursk viloyati, Uspenka) – rossiyalik qoʻshiqchi, „Golos. Deti“ koʻrsatuvining (2014) gʻolibi, „Detskaya Novaya volna 2012“ i „Detskoe Yevrovidenie 2014“ tanlovlari ishtirokchisi.

Hayoti 2003-yil 22-iyunda Kursk viloyatining Kurchatov shahri yaqinidagi Uspenka qishlogʻida tugʻilgan. 2014-yil boshida „Golos. Deti“ loyihasida ishtirok etish uchun Alisaning oilasi Kursk viloyatidan Sosnovy Bor (Leningrad viloyati) shahriga koʻchib oʻtdi. Kojikinaning onasi pianino chaladi va musiqani sevadi. Alisa toʻrt yoshidan boshlab Viktor va Olesya Lukyanovskiylar rahbarligidagi „Prislushaytes k serdsu“ estrada qoʻshiq teatrida vokal bilan shugʻullana boshladi. Olti yoshidan musiqa maktabiga qatnay boshladi, bir vaqtning oʻzida pianino chalish va vokal bilan shugʻullandi. Musiqa maktabining ikkinchi sinfining oxiriga kelib, 5-6-sinflar dasturini bajara olardi.

Kurchatovda Kojikina koʻplab tanlovlarda ishtirok etgan. U „Sozvezdie molodix“ tanlovlari gʻolibi, Sankt-Peterburgdagi „Prazdnik detstva“ va „Roza vetrov. Moskva – Rossosh tranzit“ tanlovlarining gran-pri sohibi boʻlgan. 2012-yilda saralash bosqichida gʻoliblardan biri boʻldi va 15-17-avgust kunlari Artekda boʻlib oʻtgan „Detskaya Novaya volna 2012“ tanlovida Rossiya nomidan qatnashdi.

Alisa Kojikina va Ivaylo Filippov dengiz hayvonlari va sirk artistlari ishtirokidagi „Zateryanniy mir“ yangi yil musiqali spektaklida bosh rollarni ijro etishdi.

2018-yilda Moskvaga koʻchib oʻtdi. 26-mart kuni Kojikinaning „Ya ne igrushka“ qoʻshigʻi Igor Krutoy akademiyasi tomonidan tashkil etilgan „Devichnik Teens Awards 2018“da „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasida gʻalaba qozondi.

2018-yil 1-oktyabrda „Ti so mnoy“ nomli ikkinchi yakkaxon albomini chiqardi. Albom asosan pop-rok uslubidagi 11 ta trekdan iborat boʻlib, koʻpchilik qoʻshiqlarning soʻz va musiqasi muallifi Kirill Uxanovdir. Albomdagi qoʻshiqlardan biriga „Nazlo vsemu ulibaysya“ videoklip suratga olingan.

Manbalar

Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar