Abu al-Muzaffar Yusuf ibn Muhammad al-Muqtafiy (), al-Mustanjid billoh () shoh nomi bilan mashhur (1124–1170-yil 20-dekabr), 1160–1170-yillarda Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifa. Oʻzidan oldingi xalifa al-Muqtafiyning oʻgʻli.
Hayoti Al-Mustanjid 1124-yilda tugʻilgan. Otasi xalifa al-Muqtafiy, onasi esa Tovus ismli ummu al-valad boʻlgan. Toʻliq ismi Yusuf ibn Muhammad al-Muqtafiy, kunyasi Abu al-Muzaffar. Yusuf hali yosh shahzoda boʻlgan vaqtda yaʼni 1136-yilda otasi xalifalikka tayinlangan va 1160-yil vafotiga qadar deyarli 25 yil davomida hukmronlik qilgan. Xalifa vafot etgach, uning oʻgʻli al-Mustanjid Bagʻdod xalifaligi taxtiga oʻtirgan. U otasining siyosatini davom ettirgan va Avniddin ibn Hubayrani oʻziga vazir etib tayinlagan. Avniddin bundan oldin al-Muqtafiyning hukmronlik davrida ham xalifalik vaziri boʻlib xizmat qilgan ediMakdisi (1971), pp. 802–803. Uning vazirlik davrida Abbosiylar saroyida saljuqiylar taʼsiri pasayib borgan, shuningdek, Bagʻdodda hanbaliy taʼlimotining gullab-yashnashi kuzatilgan. Ibn Hubayra Nuriddin Mahmud ibn Zangiy tomonidan Fotimiylar xalifaligining Misrni zabt etish harakatlarida ham ishtirok etgan. thumb|250x250px| Artuklu Najmiddin Alpiy dirhami, Mardinda al-Mustanjid nomi bilan zarb qilingan boʻlishi mumkin. Al-Muqtafiyning xotinlaridan biri, al-Mustanjidning oʻgay onasi Ummu Abu Ali oʻz oʻgʻlining xalifalikka tayinlanishini qattiq xohlar edi. Shu sababli ham u koʻplab amirlarni oʻz tomoniga ogʻdirgan va ularning choʻrilarini yangi xalifani oʻldirish maqsadida xanjar bilan qurollantirgan. Biroq al-Mustanjid uning bu fitnasini aniqlagan hamda isyonchi oʻgʻil va onani qamoqqa tashlagan.
Taxminan shu davrga kelib, 260 yildan beri davom etib kelayotgan Fotimiylar sulolasi, nihoyat barham topdi. Ularning hukmdori Salohuddin al-Ayyubiy garchi oʻzi musulmon boʻlsa ham, avvaliga sunniylik eʼtiqodini shia mazhabi tamoyillari va amaliyotlariga sodiq qolgan va xalq orasida eʼlon qilmagan edi. Biroq tez orada Salohuddin bu ishni amalga oshirgan va shu tariqa Abbosiylarning maʼnaviy ustunligi nafaqat Suriyada, balki butun Misr va unga qaram boʻlgan barcha hududlarga yoyilgan.
Al-Mustanjid haqida uning hokimiyat boshqaruvida ozmi-koʻpmi mustaqil mavqega ega boʻlgani, shuningdek, vaqti-vaqti bilan mahalliy yurishlarni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan kichik bir kuch tomonidan qoʻllab-quvvatlanganidan boshqa hech qanday yirik harakatlarni amalga oshirgan deb boʻlmaydi.
Yana qarang
Safiyya al-Bagʻdodiyya, XII asr arab shoiri.
Manbalar
Turkum:Abbosiy xalifalarning oʻgʻillari Turkum:1124-yilda tugʻilganlar Turkum:XII asr Abbosiy xalifalari Turkum:1170-yilda vafot etganlar