Marmeladli ayiqchalar (nemischada Gummibär) – baʼzi ingliz tilida soʻzlashadigan davlatlarda jelly baby nomi bilan tanilgan. Shirinlik taxminan 2sm uzunlikda va ayiq shaklida boʻladi.

Tarixi Marmeladl ayiqlar – ilk bor Germaniyada oʻylab topilgan. Birinchi boʻlib Marmeladli ayiqlarni tayyorlashda Aqoqiyo oʻsimligidan foydalanilgan. Bonn Hans Riegel Sr. 1920-yilda Harib kompaniyasini tashkil qilgan. 1922-yilda, u Yevropa koʻchalarida boʻlayotgan bayram, tadbirlardan ilhomlanib bolalar va kattalar uchun ham uzun lenta koʻrinishidagi jelatinli shirinliklarni ishlab chiqara boshlagan. Keyinchalik shirinliklarni ayiq shaklida ham ishlab chiqarishni boshlagan. 1967-yili Hariboning Gold-Bears shirinligi butun dunyo boʻyicha mashxurlikka erishgan

Turli xildagi shakli va oʻlchamlari thumb|Qumush gʻayriqaloqlari Marmeladli ayiqchalarining muvafaqqiyatli sotuvidan soʻng kompaniya boshqa shakllardagi jelatinli shirinliklarni ham chiqarishni boshlagan. jumladan: ilon, mevalar, oʻrgimchak, qurbaqa, qanot va boshqa shakllarda ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqaruvchilar keyinchalik maxsulotni oʻlchamini ham oʻzgartirib katta oʻlchamdagi jelotinli shirinliklar ishlab chiqarishni yoʻlgan qoʻygan.

Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Marmeladli ayiqchalar besh xil rang va tamga ega ular: qizil (pomidor), olovrang (mandarin), yashil (qulpinoy), rangsiz (ananas) va sariq (limon).

Ishlab chiqarish thumb|Yevropaning yahudiy muzeyidagi Marmeladli ayiqchalar shirinligini sotadigan avtomati. Anʼanaviy Marmeladli ayiqchani tayyorlash uchun shakar, glyukoz siropi, starch, hid beruvchi vosita, oziq-ovqat boʻyoqi, sitrik kislotasi va jelatin aralashmasi kerak boʻladi. Biroq shakarsiz va diniy shirinliklar tayyorlash uchun retseptda bir oz oʻzgarishlar boʻlishi mumkin.

Ishlab chiqarishda Starch mogul nomli mashinadan foydalaniladi. Ayiq tasviri tushirilgan qolip kraxmal bilan toʻldirilgan patnisga bosiladi. Issiq suyuqlik aralashmasi kraxmalli patnislarga tushirilgan qoliplarga quyiladi va qotirish uchun bir kechaga tindirib qoʻyiladi. Shirinliklar qotganidan soʻng qolipdan chiqarib qadoqlanadi. Shirinlikning old qismi ayiq shaklida orqa tomonidan boʻlsa tekkis boʻladi. Har bir koʻrinish uchun rassom tomonidan gipsga shakl chiziladi va koʻpaytirish uchun mashinaga solinadi.

Tarkibida Choʻchqa, baliqdan olingan moddadan foydalanib tayyorlangan marmeladli ayiqchalar vegaterianlar va veganlar uchun mos kelmaydi. Choʻchqadan yoki soʻyilmagan hayvonlardan olingan jelatin halol hisoblanmaydi va baʼzi dinlarda taqiqlangan. Turkiyadagi Haribo kompaniyasi jelatinni musulmonlarda halol hisoblangan hayvonlardan olib ishlatadi. Shuningdek baʼzi Marmeladli ayiqlarda jelatin oʻrniga pestin yoki starch ishlatiladi va bu turdagi shirinliklar vegeterianlar uchun mos keladi.

Sogʻliqni saqlash masalalari Avvallari Marmeladli ayiqlar shirinliklarida deyarli kaloriya boʻlmagan ammo vaqt oʻtishi bilan shirinliklarga C vitamini qoʻshilishi boshlangan. Oʻzida vitaminlarni jamlagan Marmeladli ayiqlar bolalarni vitaminlarni qabul qilishini osonlashtirgan.

Marmeladli ayiqlar tishlarga yopishib qolishi va natijada tishlarni chirishiga olib kelishi mumkin. Trolli kompaniyasi chiqargan Marmeladli ayiqchalarning „acti-line“ turi tishlarning immun tizimini yaxshilashini taʼkidlagan.

Manbalar

Turkum:Shirinliklar