Gennadiy Yuryevich Egorov (; 1989-yil 4-fevralda tugʻilgan) – ukrainalik professional futbolchi, Inkomsport-Zarechnoye klubida, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Biografiya
2002—2006-yillarda Ukraina bolalar va oʻsmirlar futbol ligasi ishtirokchisi boʻlgan Respublika oliy jismoniy tarbiya maktabi (Kiyev) jamoasida oʻynagan.
Professional faoliyatini 2006-yilda „Lokomotiv“ (Dvorichna) klubida boshlagan Lokomotiv jamoasida ikki oy oʻynagach, Ukraina Ikkinchi ligasining boshqa jamoasi – „Feniks-Illichivets“ (Kalinino) klubiga oʻtgan. 2006/2007-yilgi mavsum Kalinin jamoasi tarkibida Birinchi liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.
2008-yilning yozida u Sevastopolga koʻchib oʻtgan. Yangi jamoa tarkibida oʻz oʻrnini topmadi va asosan Sevastopol klubining farm klubida oʻynagan. 2009-yilgi Qrim chempionati natijalariga koʻra, u turnirning eng yaxshi yarim himoyachisi deb topilgan. 2010-yilda Gennadiy Ukraina yoshlar chempionatida Simferopolning „Tavriya“ oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan.
U 2011-yilgi mavsumni Oʻzbekiston chempionatida Samarqandning „Dinamo“ jamoasi sharafini himoya qilgan. Shundan soʻng u Qrimda havaskorlar darajasidagi jamoalarda oʻynagan. 2024-yilning avgust oyidan boshlab Inkomsport-Zarechnoye jamoasi tarkibida, Qrim futbol ittifoqi Premyer-ligasida oʻynamoqda.
Yutuqlar
Ukraina Ikkinchi ligasining kumush medali sohibi: 2006/07
Adabiyotlar
Manbalar
Havolalar
Gennadiy Egorov Footballfacts saytida Gennadiy Egorov ffsr saytida Gennadiy Egorov CFU saytida
Turkum:4-fevralda tugʻilganlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:FC Lokomotiv Dvorichna futbolchilari Turkum:FC Feniks-Illichovets Kalinine futbolchilari Turkum:FC Sevastopol futbolchilari Turkum:FC Sevastopol-2 futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:FC Bălți futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar