Hantama binti Hishom () – Roshidunning ikkinchi xalifasi Umar ibn al-Xattobning onasi, Xattob ibn Nufaylning xotini. VI asrda yashagan va Islom paygʻambari Muhammadning zamondoshi boʻlgan.

Ajdodi Hantama binti Hishom Makkada Hishom ibn al-Mugʻiyra oilasida tugʻilgan.

Hishom ibn al-Mugʻiyra Quraysh boshliqlaridan biri Mugʻiyra ibn Abdullohning oʻgʻli edi. Uning qizlaridan biri Umarning onasi Hantama boʻlganMuhammad ibn Saad, Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 203. London: Ta-Ha Publishers,. Xotini Asmo binti Muharraba bilan nikohidan Muhammadning kuchli raqibi Abu Jahl tugʻilganMuhammad ibn Saad, Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 209. London: Ta-Ha Publishers..

Hayoti Hantama ibn Hishom Makkada Hishom ibn al-Mugʻiyra oilasida tugʻilgan. Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan.

Hantama ibn Hishom Qurayshning Banu Adiy urugʻidan Xattob ibn Nufaylga turmushga chiqqan. Birinchi farzandi Umarni taxminan milodiy 583 yoki 584-yillarda dunyoga keltirgan (Umar Makkadagi Banu Adiy urugʻida tugʻilgan). Oradan bir necha yil oʻtib qizi Fotima binti Xattob tugʻilgan. Hantama 600-yillarning boshlarida vafot etgan. Qizi Fotima ham Banu Adiy qabilasidan boʻlgan kishi bilan oila qurgan.

Oilasi Hantama binti Hishom Muhammadning koʻplab sahobalari bilan qarindosh edi.

Farzandlari:

Umar ibn al-Xattob – Hantama va al-Xattobning toʻngʻich oʻgʻli. Fotima bint al-Xattob – qizi. Zayd ibn al-Xattob – oʻgay oʻgʻli, al-Xattob va uning ikkinchi xotini Asmo bint Vahbning nikohidan dunyoga kelgan.

Kelin va kuyovlari:

Said bin Zayd Umarning singlisi Fotimaga uylangan. Zaynab bint Mazun 605-yildan oldin Umarga turmushga chiqqanMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.. Ummu Kulsum bint Jarval 616-yildan oldin Umarga turmushga chiqqanMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam. Albany: State University of New York Press.. Qurayba bint Abu Umayya 616-yildan avval Umarga turmushga chiqqanMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press..

Nevaralari:

Abdulloh ibn Umar taxminan 610-yilda Makka tugʻilgan. Hafsa bint Umar – Muhammadning rafiqasi. Ubaydulloh ibn Umar Zayd ibn Umar Osim ibn Umar Abdulrahmon ibn Said ibn Zayd – Zayd Abdulrahmon nomi bilan ham mashhur, Hantamaning qizi Fotimaning oʻgʻli.

Yana qarang

Zayd ibn Amr Valid ibn al-Mugʻiyra

Manbalar

Adabiyotlar

Al-Suyuti. History of the Caliphs.

Albert Hourani, A History of the Arab Peoples, Faber and Faber, 1991.

Turkum:Umar