Konstantin Rauchverger (1953-yil 4-mayda tugʻilgan) – sovet va oʻzbekistonlik professional sobiq futbolchi, himoyachi va yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.
Biografiya Konstantinning Sovet davridagi oʻyinlari haqida toʻliq maʼlumot yoʻq. 1977—1980-yillarda SSSR ikkinchi ligasida ishtirok etgan Navoiyning „Zarafshon“ jamoasi safida toʻp surgan. Zarafshonliklar safida 127 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1982-yilgi mavsumda yarim professional va havaskorlar oʻrtasidagi Estoniya SSR chempionati ishtirokchisi „Estoniya Mine“ (Kohtla-Jarve) jamoasida oʻynagan va turnirning kumush medali sovrindori boʻlgan. 1983-yil Rauchverger yangi tashkil etilgan ShVSM ustalar jamoasi safiga oʻtgan. ShVSM klubi keyinchalik „Sport“ (Tallin) nomiga oʻzgartirilgan. Konstantin keyingi toʻrt mavsum davomida SSSR ikkinchi ligasida 101 ta oʻyin oʻtkazgan.
1992—1993-yillarda Estoniya oliy divizionidagi FMF-90/ Nikol (Tallin) klubida oʻynagan, 19 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. Estoniya chempionatining ikki karra bronza medali sohibi boʻlgan (1992, 1992/93).
Keyingi taqdir nomaʼlum.
Havolalar Konstantin Rauchverger Footballfacts.ru saytida Konstantin Rauchverger Transfermarkt saytida
Turkum:4-mayda tugʻilganlar Turkum:1953-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Sport FK Tallinn futbolchilari Turkum:FK TVMK futbolchilari