Edgar Patrício de Carvalho Pacheco (1977-yil 7-avgust, Luanda, Angola) – sobiq futbolchi. Angolada tugʻilgan boʻlsa-da, Portugaliya milliy terma jamoasi safida oʻynagan.
Edgar 18 yoshida „Benfika“ klubi safida oʻz debyut oʻyinini oʻtkazgan, klubda muntazam oʻynamagan va keyingi faoliyatining asosiy qismini Ispaniyada, „Málaga“ klubida oʻtkazgan.
Klubdagi faoliyati Edgar Angolaning Luanda shahrida tugʻilgan, „Benfika“ klubi yoshlar akademiyasining tarbiyalanuvchisi boʻlgan. Edgar 1995-yil 26-avgustda 18 yoshida asosiy jamoada debyut oʻyini „Tirsense“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda oʻtkazgan. Oʻsha uchrashuvda Edgar 45 daqiqa maydonada toʻp surgan va klubining 1:0 hisobidagi gʻalabasiga hissa qoʻshgan. Edgar oʻzining birinchi mavsumini 21 ta oʻyin va ikkita gol bilan yakunlagan. Edgar oʻz faoliyati davomida muntazam ravishda oʻyinga tushirilgan, ammo koʻpincha zaxiradan maydonga tushirilgan. Bundan tashqari, ikkinchi divizionda zahira jamoasi vazifasini bajargan „Alverca“ klubida olti oylik ijara asosida oʻynagan.
1998-yilning yozida Edgar Real Madrid klubiga oʻtgan, ammo La Ligada klub tarkibida oʻyin oʻtkazmagan. Edgar keyingi sakkiz yilni Ispaniyada oʻtkazgan va asosan „Málaga“ klubida oʻynagan. Edgor 2002—2003-yilgi mavsumda ikkinchi divizionda toʻrt oy davomida „Getafe“ klubiga ijaraga berilgan edi.
Edgar Andalusiyaliklar tarkibida asosiy hujumchi sifatida oʻynagan. Edgar vatandoshlari Duda bilan toʻrt va Litos bilan besh mavsumni birga oʻtkazgan va oxir-oqibat barcha musobaqalarda jami 218 ta oʻyinda ishtirok etgan. Shuningdek, Edgar klubning birinchi mavsumidayoq oliy ligaga koʻtarilishiga hissa qoʻshgan.
Edgar 2007—2008-yilgi mavsumda Portugaliyaga qaytib kelgan va „Boavista“ klubi bilan muvaffaqiyatsiz mavsumni boshdan kechirgan. Edgar atigi yettita oʻyinda maydonga tushgan va klub qoidabuzarliklar tufayli Primeira Ligadan quyi ligaga tushib ketgan. Edgar Kiprning „Alki Larnaca“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Biroq, bir mavsumdan soʻng klubdan ketishga majbur boʻlgan va 31 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Milliy terma jamoadagi faoliyati Edgar Angolada tugʻilgan, uning otasi portugaliyalik onasi esa angolalik edi, yoshligida Portugaliyaga koʻchib oʻtgan. Edgar Portugaliya milliy terma jamoasi safida oʻynagan. Edgar Portugaliyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar safida 25 ta oʻyin oʻtkazgan va 1998-yil 19-avgustda Mozambikka qarshi asosiy tarkibda birinchi va oxirgi marta maydonga tushgan.
Keyinchalik, 2004-yil dekabr oyida Edgarning Angola milliy terma jamoasi tarkibida oʻynash uchun taqdim etgan arizasi rad etilgan, chunki Edgar allaqachon Portugaliya milliy terma jamoasi safida chiqish qilgan edi.
Yutuqlari Benfica
Taça de Portugal: 1995—1996
Malaga
UEFA Intertoto kubogi: 2002-yil Segunda División 1998—1999
Manbalar
Turkum:Ispaniyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Málaga CF futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar