right|thumb|1970-yil Itaguai Itaguaí Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatida joylashgan shahar boʻlib, dunyodagi eng koʻp temir rudasini yetkazib beruvchi portlaridan bir Ilha Guaiba shu yerda joylashgan. 2020-yilda uning aholisi 134,819 kishini tashkil etgan va maydoni 273 km2 ni tashkil qiladi. Shaharga 1688-yilda asos solingan boʻlib, Rio-de-Janeyro va Angra dos Reis shaharlari oʻrtasida joylashgan.
Itaguaí Rio-de-Janeyro shahridan gʻarbga tomon taxminan 75 kilometr masofada, Santos (SP) yoʻli boʻylab joylashgan. Itaguaí Sepetiba qoʻltigʻi qirgʻogʻi bilan Atlantika yomgʻir oʻrmoni oʻrtasida joylashgan.
Itaguai va uning atrofidagi hududda Braziliyaning eng yirik maʼdan eksport qiluvchi portlaridan bir nechtasi joylashgan. Itaguai, shuningdek, Rio-de-Janeyroning gʻarbiy sanoat mintaqasi (Zona Oeste) ishchilari uchun yotoqxona vazifasini ham bajaradi. Bu yer Itaguai shahridagi Rim-katolik yeparxiyasining markazi hisoblanadi.
Itaguai porti (Sepetiba / Guaiba orollari) Itaguai porti 1982-yilda chuqur suv koʻrfaziga ega port sifatida ochilgan. Itaguai asosan Minas-Jerais mintaqasida mavjud boʻlgan alyuminiy oksidi va boshqa minerallarni eksport qilish uchun moʻljallangan edi. Bu port tizimi Itaguai, Sepetiba va Guaiba oroli portlarini oʻz ichiga oladi. 2018-yil avgust oyiga kelib yirik yuk kemalarini qabul qila oladigan boʻldi. Sepetiba porti yana ikkita maʼmuriy hududga boʻlinadi – Sepetiba qoʻltigʻi va Sepetiba terminali.
Yaqin atrofda joylashgan Guaíba orol porti mineral rudalarni eksport qilish uchun alohida terminallarga ega, biroq port Vale togʻ-kon kompaniyasining xususiy mulki hisoblanadi va Itaguai porti Rio-de-Janeyro tasarrufiga kiradi. Guaiba dunyodagi eng katta yuk tashuvchi kemalarini ortish uchun chuqur suv boʻylariga ega, ammo u yerda aholi yashamaydi va u yerga olib boruvchi avtomobil yoʻllari mavjud emas. Temir rudasi orolni qitʼa bilan bogʻlaydigan va undan keyin Minas-Jeraisda joylashgan Vale konlarigacha choʻziladigan temir yoʻl koʻprigi orqali terminalgacha yetib boradi. 2019-yil mart oyida mahalliy hokimiyat tomonidan yiliga 40 million tonna temir rudasini eksport qiladigan Itaguai porti yopildi. Bunga sabab, haddan tashqari ifloslanish va Braziliyadagi Brumadinho konidagi halokat tufayli. Biroq, port uzoq muddatga yopilmadi, chunki bir kun oʻtib Vale kompaniyasiga sud qarorining berilishi natijasida port oʻz faoliyatini qayta boshladi.
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Braziliya shaharlari