Samantha Harvey (1975-yilda tugʻilgan) – ingliz yozuvchisi. U Orbital romani uchun 2024 Booker Prize mukofotini qoʻlga kiritgan.

Biografiyasi Samantha Harvey 1975-yilda Angliyada tugʻilgan. Harvey 10 yoshigacha, ota-onasi ajrashguniga qadar Maidstone yaqinidagi Ditton, Kentda yashaydi. Shundan soʻng, onasi Irlandiyaga koʻchib ketadi, Harvey esa oʻsmirlik yillarini York, Sheffild va Yaponiyada oʻtkazdi. U York Universiteti va Sheffild Universitetida falsafa boʻyicha tahsil oldi. Shuningdek, 2005-yil Bath Spa Universitetida Creative Writing (ijodiy yozish) boʻyicha magistraturani tugatib, shu sohada falsafa doktori (PhD) darajasini oldi.

Ijodiy faoliyati Uning dastlabki romani "The Wilderness" (2009) altsgeymer kasalligidan aziyat chekayotgan insonning xotiralari haqida hikoya qiladi„About“ , Samantha Harvey website.. Ikkinchi romani "All Is Song" (2012) insoniy munosabatlar, eʼtiqodga asoslangan moral anʼanalar va falsafiy shubha oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni yoritadiText on the inside cover of All Is Song.. Muallif ushbu romanni Suqrot hayotining erkin, zamonaviy talqini sifatida taʼriflagan.

Uning uchinchi romani "Dear Thief" nomi oshkor qilinmagan ayolning yoʻqolgan doʻstiga yozgan uzun maktubi boʻlib, unda sevgi uchburchagining emotsional oqibatlari batafsil tasvirlangan. Roman Leonard Koenning "Famous Blue Raincoat" qoʻshigʻiga asoslangan deyiladi. „Dear Thief“ romani 2014-yilda Jonathan Cape nashriyoti tomonidan chop etilgan. Harveyning toʻrtinchi romani "The Western Wind" XV asrda Somersetdagi ruhoniy haqida hikoya qiladi. Asar 2018-yil mart oyida nashr etilgan.

"The Shapeless Unease" (2020) avtobiografik asar boʻlib, muallifning uyqusizlik va ruhiy salomatligi bilan bogʻliq kechinmalarini yoritadi. Uning eng oxirgi romani "Orbital" (2023) inson va Yer oʻrtasidagi murakkab aloqalarni kosmik stansiyada kechgan voqealar orqali tasvirlaydi.

Uning qisqa hikoyalari Granta va BBC Radio 4 da chiqqan. U The Guardian va The New York Times uchun taqrizlar berib boradi, shuningdek, The New Yorker, The Telegraph, The Guardian va TIME nashrlarida oʻzining esse va maqolalarini chop etib boradi. Harvey Radio 4 ning "Front Row", „Open Book“, „A Good Read and Start the Week“ va Radio 3 ning "Free Thinking" koʻrsatuvlarida qatnashgan.

Harveyning romanlari koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan, Man Booker mukofoti, Baileys Womenʼs Prize for Fiction, James Tait Black Memorial mukofoti, Walter Scott mukofoti va Orange mukofoti shular jumlasidandir. 2010-yilda u The Culture Show tomonidan 12 ta eng yaxshi britan romannavislardan biri deb topildi. Shuningdek, 2019-yilda "The Western Wind" romani uchun Staunch Book Prize mukofotini qoʻlga kiritdi.

Harvey asarlari Buyuk Britaniyada Jonathan Cape va AQShda Grove Atlantic tomonidan nashr etiladi.

Harveyning yozuv uslubi Virjiniya Vulfning yozuv uslubi bilan taqqoslanadi. Samantha Harver oʻz romanlarida insoniyatning ruhiy tajribalarini oʻrganadi. Uningg asarlari tilning boyligi va falsafiy nuqtayi nazarlari bilan ajralib turadi.

Nominatsiya va mukofotlar Orbital romani 2024-yil 12-noyabrdda Booker Prize mukofotiga loyiq koʻrildi.

Bibliografiyasi Romanlar

.

Non-fikshn .

Tarjimalar Harveyning romanlari xitoy, golland, fransuz, nemis, yunon, italyan, ispan, ibroniy, norveg, portugal va rumin tillariga tarjima qilingan.

Manbalar

Havolalar Rasmiy website

Turkum:Ingliz yozuvchilari Turkum:Ayol yozuvchilar