Miguel Fernando Pereira Rodrigues (1993-yil 16-mart, Fátima, Portugaliya) – portugaliyalik professional futbolchi boʻlib, hozirda Sloveniyaning PrvaLiga chempionatida ishtirok etuvchi NK Bravo klubida markaziy himoyachi sifatida toʻp surmoqda.

Klubdagi faoliyati Fernando Santarem viloyatining Fatima shahrida tugʻilgan, U. D. Leiriya klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. 2012-yil 5-may kuni, klub chuqur moliyaviy inqirozga duchor boʻlgan paytda, Fernando Primeira Ligadagi ilk oʻyinini S. L. Benfika klubiga qarshi safarda oʻtkazdi va 0:1 hisobida magʻlub boʻldi.

2012-yilning iyul oyida Fernando yuqori diviziondagi boshqa klub C.D. Nacional bilan shartnoma imzoladi. Fernando birinchi mavsumda 17 ta oʻyinda maydonga tushdi va jamoaning sakkizinchi oʻrinni egallashiga hissa qoʻshdi.

Fernando 2014-yil 19-aprelda Madeyraliklar safida va oliy divizionda oʻzining ilk golini urdi. Oʻsha oʻyinda mehmonlar F. C. Paços de Ferreyrani 5:0 hisobida tor-mor etib, UEFA Yevropa ligasiga yoʻllanma olishdi. 2014-yil 21-avgustida Fernandoning qitʼalar oʻrtasidagi musobaqada ilk maydonga tushdi. Bu safar Fernando pley-off bosqichida Minsk Dinamosiga qarshi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa mobaynida maydonida harakat qildi va 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

2016-yildan 2018-yilgacha Fernando Gretsiya Super ligasida Panetolikos FC klubi safida toʻp surgan. Fernando 2018-yil 19-mayda oʻz vataniga qaytib kelib, Rio Ave futbol klubiga bepulga oʻtdi.

Fernando 2019-yilning yanvar oyida LigaPro klublaridan biri boʻlgan G. D. Estoril Praiaga besh oyga ijaraga berildi. Taxminan bir yil oʻtgach, Fernando Rio Ave bilan shartnomasini bekor qildi.

Pubalgiya jarohatidan sogʻaygandan soʻng, Fernando uchinchi ligadagi União de Santarém, FC Oliveira do Hospital va Académica de Coimbra klublari safida oʻynadi.

Milliy terma jamoadagi faoliyati Rodrigues 2014-yil 4-sentyabrda Portugaliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi uchun oʻzining yagona oʻyinini oʻtkazdi. U 2015-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichida Norvegiyaga qarshi safarda boʻlib oʻtgan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va oʻyin yakunigacha maydonda toʻp surdi. Ushbu oʻyinda Portugaliya terma jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Manbalar

Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:G.D. Estoril Praia futbolchilari Turkum:C.D. Nacional futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar