Gunnar Andersson (1928-yil 14-avgust – 1969-yil 1-oktyabr) – shved futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan. Andersson Olympique de Marseille klubining eng sara hujumchilaridan biri sanaladi va klub tarixida eng koʻp gol urgan oʻyinchisi hisoblanadi. Shvetsiyada tugʻilgan boʻlsa-da, Andersson Fransiya milliy B terma jamoasi safida maydonga tushgan.
Faoliyati Andersson oʻz faoliyatini Shvetsiyada boshlagan boʻlib, u yerda „Säffle“ laqabi bilan tanilgan. Keyinchalik, Daniyaning Kjøbenhavns BK klubida oʻynagan. Soʻngra Olympique de Marseille klubiga oʻtkazilgan va u yerda jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylangan. Andersson 220 ta oʻyinda maydonga tushgan va 194 ta gol urgan holda, Jean-Pierre Papin (182) va Josip Skoblar (176) dan ham oʻzib, klub tarixida eng koʻp gol urgan futbolchiga aylangan. Andersson l’OM bilan 1951—1952 va 1952—1953-yillarda Ligue 1ning eng koʻp gol urgan oʻyinchisi boʻlgan hamda 1953—1954-yilgi Fransiya kubogi musobaqasida ikkinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, Andersson FC Girondins de Bordeaux va AS Aix kabi boshqa fransuz klublarida ham oʻynagan.
Fransiyadagi muvaffaqiyatlariga qaramay, Andersson Shvetsiya milliy terma jamoa safida maydonga tushmagan. Bunga sabab, Andersson va Gunnar Nordahl kabi mamlakat tashqarisida oʻynaydigan futbolchilarni milliy terma jamoaga tanlamaslik siyosati edi. Biroq, 1954-yilda Fransiya fuqaroligini olgach, Andersson 1956-yilda Fransiya B jamoasi tarkibida bir marta maydonga tushdi. Ammo uning oʻyini kutilgandek boʻlmadi va Andersson boshqa milliy terma jamoaga chaqirilmadi.
Andersson 1969-yilda, Yevropa Kubogi Gʻoliblari Kubogining 1969—1970-yilgi mavsumida Praganing Dukla klubiga qarshi oʻyinni koʻrish uchun Stade Vélodromega yoʻl olgan vaqtda vafot etadi. Andersson hozirgi kungacha l’OM formasini kiygan eng sara futbolchilardan biri va muxlislar tomonidan eʼzozlanadigan oʻyinchilardan biri boʻlib qolmoqda.
Yutuqlari Marseille
Fransiya kubogi 2-oʻrin: 1954 Coupe Charles Drago: 1957
Shaxsiy
1-divizionning eng yaxshi toʻpurari: 1951—1952, 1952—1953 Olympique de Marseille klubi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar: 194 gol
Manbalar
Turkum:1969-yilda vafot etganlar Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:IK Arvika futbolchilari Turkum:IFK Göteborg futbolchilari Turkum:Kjøbenhavns Boldklub futbolchilari Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:Montpellier HSC futbolchilari Turkum:FC Girondins de Bordeaux futbolchilari
Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar