Antônio José da Silva Filho (1959-yil 18-may, Olinda, Pernambuku, Braziliya) – Biro-Biro nomi bilan mashhur boʻlgan braziliyalik sobiq professional futbolchi. Campeonato Brasileiro A Seriyasining bir nechta klublarida yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Biro-Biro oʻzining futbolchilik faoliyatini 1977-yilda Sport Club do Recife klubida boshlagan, oʻsha mavsumda Campeonato Pernambucano musobaqasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1978-yilda Biro-Biro Korintians klubi safiga qoʻshilgan. Klubdagi oʻyinchilar taqdimoti paytida jamoa prezidenti Vicente Matheus uni adashib Lero-Lero deb atagan. Biro-Biro Korintians klubi tarkibida oʻtkazgan oʻn bir mavsumi davomida toʻrt marta – 1979, 1982, 1983 va 1988-yillarda Campeonato Paulista chempioni boʻldi. 1982-yilda Placarning „Campeonato Brasileiro Série A Bola de Prata“ mukofotini qoʻlga kiritdi. Biro-Biro jami 592 ta oʻyinda maydonga tushgan va 75 ta gol urgan, bu natija bilan Korintians klubi tarkibida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan beshinchi futbolchiga aylandi. Biro-Biro 1990 va 1991-yillarda Portuguesa klubida oʻynaganidan soʻng, 1991-yilda Coritiba, 1991—1993-yillarda Guarani hamda 1993-yilda Paulista klublarida toʻp surgan. Shundan keyin 1993 va 1994-yillarda Remo klubiga oʻtgan va u yerda 1993-yilda Campeonato Paraense chempionligini qoʻlga kiritgan. Biro-Biro 1994-yilda Botafogo-SP klubida oʻynagan va 1995-yilda Nacional-SP klubi tarkibida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati Biro-Biro oʻzining murabbiylik faoliyatini 1998-yilda Grêmio Esportivo Mauaense klubining bosh murabbiyi sifatida boshlagan.
Yutuqlari Biro-Biro 1982-yilda Bola de Prata mukofotini qoʻlga kiritishdan tashqari, oʻzining futbolchilik faoliyati davomida quyidagi yutuqlarga erishgan: KlubMusobaqaMavsumCorinthiansCampeonato Paulista1979, 1982, 1983, 1988RemoCampeonato Paraense1993SportPernambucano jamoasi1977
Manbalar
Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Braziliyalik futbol murabbiylar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar