Boubacar Traoré (2001-yil 20-avgustda tugʻilgan) – malilik professional futbolchi. Yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qiladi. Angliyaning „Wolverhampton“ klubi va Mali terma jamoasi futbolchisi.
Klubdagi faoliyati Boubacar Traoré 2021-yilning 10-mayida Fransiyaning „Metz“ klubi safida debyut qilgan. Liga 1 doirasida „Nimes“ klubiga qarshi oʻtkazilgan bahsda Kévin NʼDoram oʻrniga maydonga tushgan.
Traoré 2022-yil 1-sentyabrda ijara asosida „Wolverhampton“ klubiga koʻchib oʻtgan. Mazkur shartnomaga koʻra, „Boʻrilar“da 2023-yilning yozida futbolchini sotib olish varianti ham mavjud boʻlgan va klub bu imkoniyatdan foydalangan.
2022-yilning 17-sentyabr kuni „Wolves“ safidagi ilk oʻyinini oʻtkazgan. Mazkur bahsda Wolverhampton Manchester Cityga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
2022-yil 9-noyabr kuni Angliya liga kubogi doirasidagi uy uchrashuvida „Boʻrilar“ safidagi ilk golini Leeds United klubi darvozasiga kiritgan va bu gol jamoasining gʻalaba qozonishiga sabab boʻlgan.
2023-yil 1-fevralda Wolverhampton klubi Traoréning ijara shartnomasidagi toʻliq sotib olish bandidan foydalanganligini va futbolchi bilan tuzilgan yangi shartnoma 2023-yilning 1-iyulidan kuchga kirishini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati 2022-yil 16-noyabrda Mali terma jamoasi safidagi debyutini amalga oshirgan. Jazoir terma jamoasiga qarshi oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan.
2023-yil iyun oyida Mali U23 jamoasi tarkibida 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Marokashda boʻlib oʻtgan Afrika millatlar kubogida ishtirok etgan. Bu musobaqa yakunlariga koʻra, Mali terma jamoasi 3-oʻrinni egallab, 2024-yilda Parijda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Malilik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Metz futbolchilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Championnat National 3 futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar