Yacouba Nasser Djiga (2002-yil 15-noyabr, Bobodiulaso, Burkina Faso) – burkina fasolik professional futbolchi, Djiga hozirda Serbiyaning Red Star Belgrade klubida va Burkina Faso milliy terma jamoasi safida himoyachi sifatida toʻp surmoqda.
Klubda faoliyat Djiga yoshlik chogʻida Burkina Fasodagi Vitesse futbol klubida oʻynagan. 2018—2019-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinlarida asosiy tarkibga chaqiruv olib, debyutini oʻtkazganidan soʻng, Djiga 2019—2020-yilgi mavsumda klubning asosiy tarkibiga kiritildi. Djiga Burkina Fasoning quyi ligasi – Deuxième Divisionda 14 ta oʻyinda maydonga tushdi va bitta gol urdi. COVID-19 pandemiyasi tufayli mavsum yakunlanmagan boʻlsa-da, klub peshqadam boʻlgani uchun Burkina Fasoning Premer-ligasiga koʻtarildi. Keyingi mavsumda Djiga klubning asosiy tarkibida oʻynadi. Djiga Burkina Fasoning 20 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoasiga chaqiruv oldi va 2021 yilgi Afrika U-20 Millatlar Kubogida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi.
2021-yilning yozgi transfer oynasida Djiga Fransiya Ligue 1 vakili Lille OSC hamda Belgiya va Ispaniya klublarining qiziqishini uygʻotganidan soʻng, Shveysariyaning oliy ligasidagi FC Basel klubi bilan shartnoma imzoladi. Basel 19-iyun kuni klub bilan imzolangan shartnomasi eʼlon qildi.
Beshta sinov oʻyinida ishtirok etganidan soʻng, 2021-yil 29-iyulda Djiga Bazel klubining asosiy tarkibida ilk bor maydonga tushdi. Bu oʻyin 2021—2022-yilgi UEFA Yevropa Konferensiya Ligasining ikkinchi saralash bosqichida boʻlib oʻtdi va unda Bazel safar uchrashuvi davomida FK Partizani Tirana klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Afsuski, Djiga oʻyin paytida chap toʻpigʻidan olgan jarohati tufayli olti hafta davomida klubning oʻyinlarida ishtirok etolmagan. Djiga 19-sentyabr kuni klub safiga qaytib, Shveysariya kubogi doirasida FC Rorschach-Goldach klubiga qarshi oʻyin oʻtkazdi.
24-oktyabr kuni Djiga oʻzining yangi klubi uchun Shveysariya Superligasidagi debyut oʻyinini Jakob-Park stadionida oʻtkazdi. Bazel Lugano klubini 2:0 hisobida magʻlub etdi va Djiga butun oʻyin davomida maydonda toʻp surdi.
2022-yil 28-avgustda Djiga Fransiyadagi Nîmes Olympique klubiga bir mavsumga ijaraga oʻtdi.
Milliy terma jamoadagi faoliyati Djiga 2022-yil 24-mart kuni Burkina Faso milliy terma jamoasi tarkibida Kosovoga qarshi boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida ilk bor maydonga tushdi. Oʻsha oʻyinda Burkina Faso milliy terma jamoasi 0:5 hisobida magʻlub boʻldi.
Statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyin va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokEvropaUmumiyDivizionIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolBasel U212021—2022ShveysariyaPromotion Ligasi60——60Basel2021—2022Shveysariya Super Ligasi6020301102022—2023101020402023—202440112071Umumiy1104170221NimeNîmes Olympiques (ijara)2022—2023Ligue 221000—210Red Star Belgrade2023—2024Serbiya Super Ligasi22110602912024—202500000000Umumiy2211060291Jami60151130782
Manbalar
Havolalar
Shveytsariya futbol ligasi bosh sahifasidagi profil FC Baselning profillari (nemis tilida)
Nasser Djiga playmakerstats.comda
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Burkina Fasolik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Basel futbolchilari Turkum:Nîmes Olympique futbolchilari Turkum:Red Star Belgrade futbolchilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Shveysariya Superligasi futbolchilari Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:Burkina Fasolik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serbiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar