Tobias Bach (2003-yil 4-iyun, Bendstrup, Daniya) – daniyalik professional futbolchi, Daniya Superligasining AGF klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida toʻp suradi.
Faoliyati
Ilk yillar Bach Aarhus tumanidagi Todbjerg shahri yaqinida joylashgan kichik Bendstrup qishlogʻida oʻsib-ulgʻaygan. Bach bolaligidanoq aynan shu yerda, Todbjerg-Mejlby IF klubida futbol oʻynashni boshlaganVar på ferie i Costa Rica, da sms pludselig tikkede ind: „Hvad fanden kan det være?“, lokalavisen.dk, 25 February 2024. Keyinchalik, Bach Hornslet IF klubiga oʻtdi.
AGF va Randers FC klublarida bir necha sinovlaridan soʻng, Bach AGF tomonidan rad etildi va oqibatda Randers FC oʻtib ketdiPå otte måneder sparkede Tobias Bach sig fra 3. division til pokalfinalen, dr.dk, 9 May 2024. 17 yoshgacha boʻlgan oʻyinchilar tarkibi Randers FC klubi tomonida saralanganidan soʻng, Bach Ikastdagi maktab internatiga oʻtdi va u yerda maktabning ISI Futbol klubida oʻynay boshladi.
Bach maktab-internatni tugatgach, Risskovdagi Aarhus biznes kollejida tahsil olishni boshladi. Ayni paytda, Bach VSK Aarhus klubining 19 yoshgacha boʻlgan oʻyinchilar tarkibida oʻynab kelmoqdaPå otte måneder sparkede Tobias Bach sig fra 3. division til pokalfinalen, dr.dk, 9 May 2024. Birinchi yilda VSK Aarhusning U-19 jamoasida, ikkinchi yil U-19 jamoasida bir mavsumni oʻtkazganidan soʻng, Bach Daniyaning 3-divizionida oʻynaydigan tarkib safida maydonga tusha boshladiFra 3. division til fast starter i FC Fredericia, fredericiaavisen.dk, 22 August 2023.
Professional faoliyati
Fredericia FC Bach yosh boʻlishiga qaramay, VSK Aarhus klubida tezda eʼtibor qozondi va 2022-23-yilgi mavsumda ligada 16 ta gol urib, klubning eng yaxshi hujumchisiga aylandi. 2023-yil iyun oyida Bach Daniya 1-ligasidagi FC Fredericia klubiga oʻtdi va u yerda 2026-yil iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzoladiFC Fredericia henter topscorer i 3. division, fcfredericia.dk, 21 June 2023FC Fredericia henter topscorer – scorede 16 mål i den seneste sæson, vafo.dk, 21 June 2023. Bach olti oy ichida Daniya kubogi va Daniya 1-divizionida 24 ta oʻyinda maydonga tushdi va yettita gol urdi.
AGF Bach Fredericia klubi safida atigi yarim yil oʻynab, klubning yetakchi futbolchisiga aylangandan soʻng, 2024-yil 5-yanvarda Daniya Superligasi klubi AGF Bach bilan besh yillik shartnoma imzolaganini tasdiqladi. Bu shartnoma Fredericia uchun rekord miqdordagi transfer hisoblanadiTILBAGE TIL AARHUS: VELKOMMEN TIL TOBIAS BACH, agf.dk, 5 January 2024. 2024-yil 18-fevralda Bach Daniya Superligasida ishtirok etuvchi Vejle Boldklubga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda oʻz debyutini amalga oshirdi. Bach 87-daqiqada Gift Linksning oʻrniga zaxiradan maydonga tushdiVejle vs. AGF 0 – 0, soccerway.com, 19 February 2024.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar