Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiy () VIII asr oʻrtalarida Umaviylar xalifaligi davrida Misr hokimi boʻlgan.

Hafs, asosan, poytaxt Fustatda istiqomat qilgan, anʼanaviy ravishda viloyatda hukmronlik qilib kelayotgan „jund“Kennedy (1998), p. 75 arab koʻchamanchilar jamoasidan boʻlgan zodagon oila vakili ediKennedy (1998), pp. 64ff..

Misr hokimligiga tayinlanishidan oldin sohib ash-shurta (zobitlar boshligʻi) boʻlib xizmat qilganKennedy (1998), p. 75. 743-yilda xalifa Hishom ibn Abdulmalikning vafotidan soʻng, Umaviylar rejimi beqarorlik davriga kirib qoldi va bu narsa fuqarolar urushi bilan yakunlandi. Hafs esa Umaviylar hukumatining zaiflashuvidan foydalanib, Misr ishlarida jundlarning ustuvorligini qayta taʼminlashga harakat qildiKennedy (1998), pp. 74–75. Suriyaliklar Fustatdan majburan quvib chiqarildi, Hafs mahalliy arab boʻlmagan musulmonlar (maqomisa va mavoliy) orasidan 30 000 kishilik qoʻshin yigʻdi va bu qoʻshin uning sharafiga Hafsiya deb ataldi. 744-yilda Qaysiylar tarafdori boʻlgan Marvon II taxtga chiqqanida Hafs isteʼfoga chiqdi va yangi xalifa uning oʻrniga Hasan ibn Atahiyani tayinlashni va Hafsiya qoʻshinini tarqatib yuborishni buyurdiKennedy (2001), p. 48..

Biroq Hafsiya qoʻshini ushbu buyruqqa amal qilishdan bosh tortdi va qoʻzgʻolon koʻtardi. Yangi hokim Hasan ibn Atahiyani oʻz qarorgohida qamal qildi, natijada hokim va sohib ash-shurta Misrni tark etishga majbur boʻldi. Hafs, garchi oʻzi xohlamasa ham qoʻzgʻolonchilar tomonidan hokim sifatida lavozimga qayta tiklandi. Keyingi yili, yaʼni 745-yilda Marvon Suriyaning yirik qoʻshiniga boshchilik qilish uchun yangi hokim Havsara ibn Suhayl al-Bahiliyni yubordi. Havs tarafdorlari qarshilik koʻrsatishga tayyor ekanliklariga qaramay, Hafs taslim boʻlishga tayyorligini bildirdi. Shundan keyin Havsara Fustatni qarshiliksiz qoʻlga oldi, biroq darhol shaharda „tozalash“ ishlarini boshlab yubordi, Hafs va bir qancha Hafsiya rahbarlarini qatl qildiKennedy (1998), pp. 75–76.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:745-yilda vafot etganlar Turkum:8-asr Misrdagi Umaviylar hokimlari