Halima Ibragimova (1979-yil 27-oktyabr, Toshkent, OʻzSSR – 2024-yil 7-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik aktrisa, soʻz ustasi va shoumen. U asosan komediya janridagi rollari bilan tomoshabinlarga tanilgan.

Hayoti Ibragimova Halima Ubaydullayevna 1979-yil 27-oktabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Uning otasi Ubaydulla Ibragimov, avvaliga qurilishda oddiy ishchi, keyin 7-avtokorxonada bosh muhandis boʻlib ishlagan. Onasi Munira Ibragimova esa uy bekasi boʻlgan. Ularning toʻrt nafar qizlari boʻlib, Halima ularning uchinchisi boʻlgan. Halima avvaliga sanʼatga emas, aksincha prokurorlikka qiziqqan. 3 marta huquqshunoslik kollejiga hujjat topshirib kirolmagan. Otasi 42 yoshda yurak xurujidan vafot etgan. Halima bu paytda 16 yoshda boʻlgan va otasining vafotidan soʻng „Farhod“ bozorida 7 yil mobaynida ishlagan. 20 (yoki 22) yoshligida onasi ham yurak xurujidan vafot etgan. Shukurullo Isroilov bilan tanishib qolgach, uning „Boʻgʻirsoq-shou“ loyihasida ishtirok etgan. Keyinchalilk Toshkent davlat madaniyat institutida tahsil olgan.

Uning ijodiy faoliyati ilk bor 2006-yilda „Anora“ filmidagi kichik roli bilan boshlangan. U koʻp yillar mobaynida Mirzabek Xolmedovning teatr-studiyasida faoliyati yuritgan.

2016-yilda Sayyod.com tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻtkazilgan „Nokamtarlar xit-paradi“ nomli soʻrovnomada 11-oʻrinni egallangan. 2019-yilda Oʻzbekkonsert tomonidan „ijtimoiy tarmoqdagi uyatsiz gaplari, litsenziya talablarini buzganliklari“ sabab uning litsenziyasi tugatilgan va u oʻz aybini tushunganini tan olib, ommadan uzr soʻragan. Bir qancha vaqtdan soʻng uning litsenziyasi qaytarilgan.

Halima Ibragimova 2024-yil 7-dekabr kuni 45 yoshida sogʻligʻidagi muammolar sabab vafot etgan.

Shaxsiy hayoti 2007-yil Halima Ibragimova oʻzidan 7 yosh kichik boʻlgan Jalol Mirzayev bilan turmush qurgan. Turmush qurgan vaqtda Halima 28 yoshda, Jalol Mirzayev esa 21 yoshda boʻlgan. Ularning ikki nafar (bir oʻgʻil, bir qiz) farzandi bor.

Filmografiyasi +YilNomiObrazIzoh2004Qiziljarlik Eshmat2006AnoraEpizodYoʻl boʻlsin2007Niqobsotuvchi2008Havfli burulishsotuvchiXum asirasiBoyxonim, ayol jinBosh rolTashlandiq2009Janob hech kimNozikbonuEpizod2011Hi Fi bolakay2015Kutilmagan mehmon

Manbalar

Havolalar

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar