Yusupova Aysanem Azatovna — oʻzbekistonlik aktrisa. Hayoti Aysanem Yusupova 1997-yil 2-yanvarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan. 2012-yil maktabni tamomlagach, Nukus Davlat Yuridik kollejida oʻqigan. 2020-yil Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining „Teatr va kino aktyorligi“ yoʻnalishi bakalavrini, 2022-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.
Faoliyati Dastlab faoliyatini xonandalik bilan boshlagan. Aktrisa sifatida ilk bor 2017-yil „Maftuningman 2“ filmida bosh rolni ijro etgan. 2019-yil suratga tushgan Hilol Nasimov rejissyorligidagi „Meros“ filmi orqali keng tanilgan.
Rejissyor Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olingan „Oʻzbek qizi“ filmidagi bosh roli Aysanem Yusupovani xalqaro miqiyosda tanitgan. Ushbu roli uchun Rossiyada oʻtkazilgan IV Xalqaro „Lendok“ kinofestivalida va Tojikistonda oʻtkazilgan „Toji Somon“ II Xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli uchun“ nominatsiyasida gʻolib chiqqan. Mukofotlari thumb|300px|Shavkat Mirziyoyev va Aysanem Yusupova taqdirlash marosimida. 2024-yil Aysanem Yusupova 2024-yil „Kelajak bunyodkori“ medali bilan taqdirlangan.
Filmografiyasi Yil Film Rol 2017-yil Maftuningman 2 Qizlargul 2018-yil Hayot Lola 2021-yil Meros Oygul 2023-yil Oʻzbek qizi Jamila 2024-yil Qari qiz Sitora Pandemiya Gulruh Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Nukusda tugʻilganlar Aysanem Yusupova YouTube Aysanem Yusupova Instagram Aysanem Yusupova Telegram Aysanem Yusupova avto Telegram