Darajaga koʻtarish – sonni oʻziga bir necha marta koʻpaytirish natijasida aniqlanadigan arifmetik amal. Darajaga koʻtarilgan ifoda shaklida yoziladi hamda „bning n-darajasi“ deb oʻqiladi. Bunda asos, esa daraja koʻrsatkichi hisoblanadi. Agar n daraja musbat son boʻlsa, darajaga koʻtarish uchun son oʻziga n marotaba koʻpaytiriladi. Bu – b ning n marotaba koʻpaytirilganiga teng: Bunda, .
Daraja koʻrsatkichi asosning oʻng tomonida koʻrsatiladi. Shuningdek, bu fanda „n darajaga koʻtarilgan b soni“, „bning n-darajasi“ sifatida ataladi.
Darajalarning koʻpaytirilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Bunda darajalar oʻzaro koʻpaytirilganda daraja koʻrsatkichlari qoʻshiladi. Qoʻshiluvchi daraja koʻrsatkichi 0 ga teng boʻlganda, yigʻindi 2-qoʻshiluvchi daraja koʻrsatkichiga teng boʻladi: .
Biroq, daraja koʻrsatkichi manfiy boʻlgan hollarda darajaga koʻtarish quyidagicha amalga oshiriladi:
Shuningdek, qoʻshiluvchi daraja koʻrsatkichlardan biri manfiy hamda biri musbat boʻlgan hollarda yigʻindi manfiy va musbat sonlarni qoʻshish qoidasiga muvofiq amalga oshiriladi:
Daraja koʻrsatkichi kasr boʻlgan sonlar darajaga quyidagi tartibda koʻtariladi:
Misol uchun, ifodasida b ning qiymati hisoblanadi.
Muavr formulasi orqali ham kompleks sonni darajaga koʻtarish mumkin.
Darajaga koʻtarish turli sohalarda keng qoʻllanadi, jumladan, iqtisodiyot, biologiya, kimyo, fizika, informatika, kimyoviy reaksiyalarning kinetik tezliklarini hisoblash sohalari. Etimologiyasi „Darajaga koʻtarish“ atamasi lotin tilida exponent deb ataladi. Bu soʻz exponentem feʼlining hozirgi zamon shakli hisoblanib, oʻzbek tilida „oldinga qoʻymoq“ deya tarjima qilinadi. „Daraja“ atamasi esa, lotin tilida dignitas deya nomlanadi. Bu soʻz yunoncha dúnamis soʻzidan olingan boʻlib, „kuchaytirish“ degan maʼnoni anglatadi. Darajaga koʻtarish atamasi, ilk bor yunon matematigi Yevklid tomonidan chiziqli tenglamani ifodalashda qoʻllanilgan.
Tarixi Antik davr The Sand Reckoner Qadimgi yunon olimi Arximed „The Sand Reckoner“ asarida 10 ning darajalariga oid qonuniyat isbotlaganArchimedes. (2009). THE SAND-RECKONER. In T. Heath (Ed.), The Works of Archimedes: Edited in Modern Notation with Introductory Chapters (Cambridge Library Collection – Mathematics, pp. 229-232). Cambridge: Cambridge University Press. . Arximed olamdagi barcha qum zarralarining umumiy hisobini topishda 10 sonini darajaga koʻtarish orqali topgan. Islom oltin davri
Māl va kaʼbah („kvadrat“ va „kub“) IX asrda Oʻrta Osiyo qomusiy olimi Al-Xorazmiy sonning 2-darajasi kvadrat uchun مَال (māl, „mol-mulk“) hamda sonning 3-darajasi boʻlgan kub uchun كَعْبَة (kaʿbah, „kub“) atamalarini fanga kiritgan. Musulmonlar uchun oʻsha davrda yer maydonlarini oʻlchashda kvadratning oʻrni muhim boʻlgan. XV asrlarda Abu’l-Hasan ibn Ali al-Qalasadi asarlarida kvadratni mīm (m) tarzida hamda kubni esa, kāf (k) tarzida ifodalashgan.
XV—XVIII asrlar Darajalarning ifodalanishi XV asrlarda oʻrta asrlar fransuz matematigi Nicolas Chuquet oʻz asarlarida darajalarga koʻtarishni koʻrsatkichlar bilan ifodalagan. Masalan, ni sifatida belgilagan. Daraja koʻrsatkichlarini bu koʻrinishda ifodalash XVI asrlarda Henricus Grammateus va Michael Stifel tomonidan ham amalga oshirilgan. XVI asr oxirlarida shved matematigi Jost Bürgi sonlarni darajaga koʻtarishda ni 4 sonining ustida 3 ta iii harflarini qoʻyish orqali ifodalagan. Darajalar „Daraja“ atamasi ilk marotaba 1544-yilda Michael Stifel tomonidan qoʻllanilgan. XVI asrda matematik Robert Recorde asarlarida kvadrat, kub atamalaridan tashqari zenzizenzik (4-daraja), sursolid (5-daraja), zenzikub (6-daraja), ikkinchi sursolid (7-daraja) va zenzizenzizenzik (8-daraja) atamalaridan ham foydalangan. Hozirgi darajalarning ifodalanishi 1636-yilda matematik James Hume „L’algèbre de Viète“ asarida ni sifatida ifodalagani hozirgi daraja koʻrsatkichining shakli uchun muhim rol oʻynagan. Dastlab, daraja koʻrsatkichi Rim raqamlarida ifodalangan, keyinchalik esa, XVII asrning boshlarida fransuz matematigi René Descartes tomonidan „La Geométrie“ kitobida daraja koʻrsatkichlari Rim raqamidan Arab raqamlariga oʻzgartirilgan. Olim bu haqida shunday degan (And , or , in order to multiply by itself; and , in order to multiply it once more by , and thus to infinity).:
XX asr XX asrda hisoblash jarayoni mexanizatsiyalashtirilgani sababli, darajalarni yozish qulayroq shaklda yozishga eʼtibor qaratildi. 1938-yilda nemis muhandisi Konrad Zuse tomonidan oʻzining Z1 kompyuteri yordamida qo‘zg‘aluvchan nuqta arifmetikasi ishlab chiqildi. Bunga koʻra, jadvalning 1-katakchasida sonning asosi hamda 2-katakchasida esa, 10 sonining darajasi yozilgan. 1946-yilda qo‘zg‘aluvchan nuqta arifmetikasiga asoslangan tizim Bell Labaratories kompyuterlariga oʻrnatilganJanet Shiver & Terri Wiilard "Scientific notation: working with orders of magnitude from Visionlearning.
Terminologiyasi ifodasi „b kvadrat“ deya nomlanadibning 2-darajasi deb aytsa ham boʻladi, biroq b kvadrat shakli keng ommalashgan.. Bunday nomlanishiga sabab, tomoni bga teng boʻlgan kvadratning yuzi ga teng boʻladi.
ifodasi „b kub“ deb nomlanadibning 3-darajasi deb aytsa ham boʻladi, biroq b kub shakli keng ommalashgan.. Bunday nomlanishiga sabab, tomoni bga teng boʻlgan kubning hajmi ga teng boʻladi.
Daraja koʻrsatkichi musbat son boʻlsa, koʻrsatkichning qiymati asosning oʻz-oʻziga necha marotaba koʻpaytirilganini bildiradi. Masalan, ifodasida asosi oʻz-oʻziga 5 marotaba koʻpaytirilgan, chunki darajaning koʻrsatkichi 5 ga teng. Bu ifodada, soni 3 ning 5-darajasi hisoblanadi.
Ayrim hollarda ifodani oʻqishda darajasi soʻzi tushirilib qoldiriladi. Misol uchun, ifodasi qisqa qilib 3ning 5-si tarzida oʻqiladi.
Butun sonli darajalar Daraja koʻrsatkichi butun boʻlgan sonlarni darajaga koʻtarish amalini elementar matematik bilimlar orqali amalga oshirish mumkin. Musbat darajalar Induksiya yordamida musbat darajali sonlarni darajaga koʻtarishni quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin:
Rekursiya qilinganda esa:
Koʻpaytirishning assotsiativligiga koʻra, va ixtiyoriy sonlar boʻlishi mumkin:
va
Nol darajalar Har qanday sonning 0 darajasi 1 ga teng.
Manfiy darajalar Daraja koʻrsatkichi manfiy boʻlgan ifoda quyidagicha aniqlanadi:
Bunda, – ixtiyoriy son, – noldan farq qiluvchi ixtiyoriy son. Ayniyatlar Quyidagi ayniyatlar „darajalar qonuniyatlari“ deb ataladi hamda barcha daraja koʻrsatkichi butun son boʻlgan ifodalar uchun tegishli hisoblanadi:
Qoʻshish va koʻpaytirish amallarida qoʻshiluvchilar yoki koʻpayuvchilarni oʻrnini almashtirsa ham natija oʻzgarmaydi. Biroq, daraja koʻrsatkichlari hamda asosning oʻrni almashtirilsa oʻzaro natijalar bir-biridan farq qiladi. Masalan, , ammo oʻrin almashtirilsa, ifoda holatiga keladi. Darajalar yigʻindisi Odatda, darajalar yigʻindisi Nyuton binomidan foydalanilgan holda hisoblanadi:
Kombinatorik roʻyxat Kombinatorik roʻyxatda toʻplamdan toʻplamgacha boʻlgan funksiyalarning soni keltirilgan. Bunda, hamda – manfiy boʻlmagan sonlar hisoblanadi. va ning alohida qiymatlari uchun baʼzi misollar quyidagi jadvalda keltirilgan:
{1, …, n} toʻplamidagi qiymatlari0 = 0mavjud emas1 = 1(1, 1, 1, 1)2 = 8(1, 1, 1), (1, 1, 2), (1, 2, 1), (1, 2, 2), (2, 1, 1), (2, 1, 2), (2, 2, 1), (2, 2, 2)3 = 9(1, 1), (1, 2), (1, 3), (2, 1), (2, 2), (2, 3), (3, 1), (3, 2), (3, 3)4 = 4(1), (2), (3), (4)5 = 1()
Maxsus asoslar 10 ning darajalari Oʻnlik sanoq sistemasidagi 10 ning butun darajalari 1 raqamidan keyin yoki oldidan 0 raqamlarining ifodalanishi 10 ning darajalari hisoblanadi. Misol uchun, , .
Asosi 10 soni boʻlgan 10 ning darajalari fanda keng qoʻllaniladi. Masalan, qiymati (vakuumdagi yorugʻlik tezligi) sifatida yozilishi ham mumkin. Taqriban esa, shaklida 10 ning darajasi hisobiga qisqartirib, qulay holatda qoʻllaniladi.
Xalqaro birliklar tizimi ham 10 ning darajalariga asoslangan. Misol uchun, kilo old qoʻshimchasi maʼnosini bildiradi. ning darajalari ifodasi yarim, ifodasi esa chorak deb ataladi. Kompyuter sohasida ning darajalarining roli muhim hisoblanadi. Baytlar 2 ning darajalaridan foydalanib ifodalanadi. Masalan, . Ikkilik sanoq tizimida har qanday sonni 2 ning darajalari yigʻindisi sifatida ifodalash mumkin. ning darajalari ning har qanday darajasi 1 ga teng:. −1 ning darajalari Manfiy sonni boshqa bir manfiy songa koʻpaytirilsa, natija musbat son boʻladi:
Darajali funksiyalar
shaklidagi funksiyalar „darajali funksiyalar“ deb ataladi. Bunda boʻlishi lozim. Darajali funksiyalar 2 turga boʻlinadi, toq darajali funksiyalar hamda juft darajali funksiyalar. Juft darajali funksiyalar () shaklida belgilash ham mumkin. Oʻngacha boʻlgan musbat sonlarning daraja qiymatlari n n2 n3 n4 n5 n6 n7 n8 n9 n101 1 1 1 1 1 1 1 1 12 4 8 16 32 64 128 256 512 10243 9 27 81 243 729 4 16 64 256 5 25 125 625 6 36 216 7 49 343 8 64 512 9 81 729 10 100
Ratsional darajalar
Agar nomanfiy butun son boʻlsa, musbat butun son boʻlsa, yoki haqiqiy ildiz hisoblanadi. ning qiymati esa musbat boʻladi.
Agar musbat butun son boʻlsa, ratsional son hamda va ga teng boʻlsa, quyidagicha aniqlanadi:
Oʻng tomondagi tengligini quyidagicha yozish mumkin:
Agar musbat ratsional son boʻlsa, unda boʻladi.
Boshqa tomondan, bu taʼriflarni musbat haqiqiy son boʻlmagan asoslar bilan bogʻliq muammolar mavjud. Masalan, manfiy haqiqiy sonning haqiqiy n-darajali ildizi, n toq boʻlganda manfiy boʻladi, n juft boʻlganda esa haqiqiy ildizi boʻlmaydi. Shuningdek, uchun har qanday n-ildiz tanlansa ham, ayniyatni qanoatlantirib boʻlmaydi:
Haqiqiy darajalar Musbat haqiqiy sonlar uchun haqiqiy darajalar koʻrsatkichni ikki usulda, ratsional hamda asos logarifmi hamda uning koʻrsatkichli funksiyasi orqali aniqlash mumkin. Funksiya natijasi doim musbat son boʻladi.
Manfiy haqiqiy sonning darajaga koʻtarish oson jarayon emas, chunki darajaga koʻtarilganda natija haqiqiy son boʻlmasligi yoki bir necha qiymatlarga ega boʻlishi mumkin. Biroq, quyidagi ayniyat qiymatni aniqlashga yordam beradi:
Shu sababli, musbat haqiqiy son boʻlmagan asosni darajaga koʻtarishni koʻp qiymatli funksiya deb ham ataladi. Ratsional darajalarning limitlari Har qanday irratsional son ratsional sonlar ketma-ketligining limiti sifatida ifodalanishi mumkin. Quyidagi ayniyatda ixtiyoriy haqiqiy daraja koʻrsatkichi, esa, ixtiyoriy haqiqiy son:
Bunda, ratsional son qiymatlariga teng hisoblanadi.
Masalan, agar boʻlsa, π qiymati ratsional darajalarning monotonligi hamda chegaralangan intervallar orqali ifodalash mumkin:
Bunda, intervallarning yuqori va quyi chegaralari bir xil limitga ega boʻlgan ikkita ketma-ketlikni hosil qiladi. Bu limit bilan belgilanadi. Koʻrsatkichli funksiya
Koʻrsatkichli funksiyani qisqacha qilib shaklida yozish mumkin. Bu yerda, „Eyler soni“ hisoblanadi. koʻrsatkichli funksiyaning qiymati quyidagicha: .
Koʻrsatkichli funksiyani aniqlashning koʻplab usullari mavjud boʻlib, ulardan biri shunday:
Boshqa holatda, , boʻlganida, bu usul ham oʻrinli hisoblanadi:
Logarifmik darajalar ni koʻrsatkichli funksiya sifatida har qanday musbat haqiqiy soni uchun ni logarifmik funksiyalar orqali ifodalash mumkin. Natural logarifm , koʻrsatkichli funksiya ning teskari funksiyasi ekanligidan kelib chiqib, quyidagi tenglik oʻrinli hisoblanadi:
bunda, .
Musbat asosli murakkab darajalar Agar asos musbat haqiqiy son boʻlsa, kompleks koʻrsatkichli daraja boʻlsa, daraja koʻrsatkichi koʻrsatkichli funksiya yordamida aniqlanadi.
Bunda, natural logarifmni bildiradi.
Quyidagi tenglik ayniyatni qanoatlantiradi:
Euler formulalariga koʻra tenglik oʻrinli hisoblanadi:
Kompleks sonlarning butun boʻlmagan darajalari Kompleks sonlarning n ildizlari Har qanday nolga teng boʻlmagan kompleks son quyidagicha yozilishi mumkin:
Bunda, – ning mutlaq qiymati, esa argumentdir.
Ikki kompleks sonning koʻpaytmasi mutlaq qiymatlarni koʻpaytirish va argumentlarni qoʻshish orqali topiladi. Shuningdek, kompleks sonning -ta ildizining mutlaq qiymati esa, argumentni ga boʻlish orqali aniqlanadi: