Mistisizm ( – sirliSlovar russkogo yazika v 4-x tomax. T. 2. – 1999 (Maliy akademicheskiy slovar)) – falsafiy va diniy taʼlimot boʻlib, his-tuygʻular, intuitsiya va irratsionalizmga asoslanadi. Mistisizmning asosini ilohiyot bilan bevosita aloqa oʻrnatish, u bilan birlashishga intilish tashkil etadi // Большой_энциклопедический_словарь. Mistisizm odamlarning gʻayritabiiy kuchlar va hodisalar bilan ruhiy aloqada boʻlish, turli xil vositalar orqali borliqning yashirin sir-asroridan voqif boʻlish gʻoyasini ifoda etadi.
Mistisizm turli davr va madaniyatlarda mavjud boʻlib kelgan. Har bir dinda oʻziga xos shakllarga ega boʻlgan mistisizm dinlarning teologik, madaniy hamda tarixiy kontekstlari taʼsirida rivojlangan. Turli xil mistik taʼlimotlar barcha dunyo dinlari va eʼtiqodlarida uchraydi. Turli dinlardagi mistisizm intuitivizm va simvolizmga moyillik, aql va ruhiyatning maʼlum bir holatiga erishish uchun zarur boʻlgan maʼlum ruhiy-jismoniy mashqlar yoki meditatsiya bilan shugʻullanish kabi umumiy xususiyatlarga egaKozlovskiy I. A. Izbrannie leksii po teorii i praktike religioznogo mistitsizma . Mistisizmga tantrizm (hinduiylikdagi va buddaviylikdagi tantrizm yoki vadjrayana), zen, kabbala, rozenkreyserlik, hasidizm, gnostitsizm, isixazm, so‘fiylik va boshqa baʼzi taʼlimotlar kiradi* // Философия:_Энциклопедический_словарь. / Pod red. A. A. Ivina. – M.: Gardariki, 2004. // Filosofskiy ensiklopedicheskiy slovar, 2010. Krivelyov I. A. // Философская_энциклопедия. V 5-x t. / Pod red. F. V. Konstantinova. – M.: Советская_энциклопедия. 1960—1970..
Mistik tajriba
Mistisizmning asosiy elementi mistik tajriba hisoblanadi. Mistik tajriba deganda, mutlaq haqiqat bilan bevosita shaxsiy aloqa oʻrnatish, uni anglash tushuniladiKozlovskiy I. A. Izbrannie leksii po teorii i praktike religioznogo mistitsizma .
Mistisizm insonning oliy kuch, haqiqat yoki mutlaq borliq bilan aloqa oʻrnatish istagiga asoslanadi. Turli dinlarda mistik tajribalar koʻpincha quyidagi umumiy xususiyatlarni oʻz ichiga oladi:
Ilohiyot bilan bevosita aloqa: Mistiklar koʻpincha Xudo, koinot yoki ilohiy olam bilan birlashish hissini boshdan kechirganliklarini taʼkidlaydilar; Oddiy voqelikdan ustunlik: Mistik holatlar vaqt, fazo va shaxsiy „men“ni oddiy idrok etishdan tashqariga chiqib, barcha narsa bilan yagonalik tuygʻusini uygʻotadi; Ifoda etib boʻlmaslik: Mistik tajribalar koʻpincha ilohiy haqiqatlarning soʻz bilan ifodalab boʻlmasligini taʼkidlaydi, yaʼni ularni til yoki oddiy fikrlash orqali toʻliq tushuntirish mumkin emasligini koʻrsatadi; Shaxsning oʻzgarishi: Mistisizm koʻpincha ichki xotirjamlik, muhabbat va mehr-shafqat kabi fazilatlarni yuzaga keltiradigan shaxsning tubdan oʻzgarishiga olib keladi.
Etimologiyasi „Mistisizm“ atamasi qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan boʻlib, tarixan turli davrlar va eʼtiqodlarda turli xil maʼnolarga ega boʻlgan. Yunoncha „yopmoq“ yoki „yashirmoq“ maʼnolarini anglatuvchi „μύω múō“ soʻzidan kelib chiqqan mistisizm atamasi ilk va oʻrta asr nasroniyligining Injilga, ibodatga oid, maʼnaviy va mushohadaviy jihatlariga nisbatan ishlatilgan. Ilk zamonaviy davrda (XVI asr boshlaridan XIX asr boshlarigacha) mistisizm tushunchasi kengayib, „gʻayrioddiy tajribalar va ongning gʻayritabiiy holatlari“ bilan bogʻliq boʻlgan turli xil eʼtiqodlar va gʻoyalarni oʻz ichiga olgan. Zamonaviy davrda esa „mistisizm“ atamasi qisqa taʼrif va keng qoʻllanilish doirasiga ega boʻlib, mutlaqlik, cheksizlik yoki Xudo bilan aloqada boʻlish maʼnosini anglata boshladi.
Yangi ahdda μυέω (mueó yoki myéō) feʼlining turdosh shakli uchraydi. Strongʻs Concordanceʼda tushuntirilishicha, bu soʻz aslida vahiyni his etish uchun koʻz va ogʻizni yumishni anglatadi. Uning koʻchma maʼnosi „sirli vahiy“ga kirishishdir. Yangi ahdda shuningdek, inglizcha „mystery“ soʻzining ildizi hisoblangan μυστήριον (mustérion yoki mystḗrion) oti ham uchraydi. Bu atama yashirin narsa, sir yoki maxfiylikni anglatib, uni tushunish uchun maxsus tayyorgarlik talab etiladi. Yangi ahdda bu soʻz ilgari yashirin boʻlgan, ammo endi Injilda yoki uning ayrim qismlarida ochib berilgan Xudoning hikmatlari, umuman xristianlik vahiysi va/yoki xristianlik vahiysining alohida haqiqatlari yoki tafsilotlarini ifodalaydi.
Thayerning yunon lugʻatiga koʻra, klassik yunon tilida μυστήριον atamasi „yashirin narsa“ yoki „sir“ degan maʼnoni anglatgan. Qadimgi antik davrda bu soʻz oʻziga xos ilohiy sir hisoblanib, u faqat yetakchilarga ishonib topshirilgan va ular tomonidan oddiy odamlarga yetkazilmagan. Septuagint (Yahudiylar Muqaddas Kitobining yunoncha tarjimasi) va Yangi ahd kitoblarida bu soʻz yashirin maqsad, maxfiy iroda maʼnosini kasb etgan. Injilning boshqa qismlarida ushbu soʻz narsalarning tasavvufiy yoki yashirin maʼnosini anglatadi. Vulgatada esa bu yunoncha atama koʻpincha lotincha sacramentum („muqaddas“) soʻzi orqali ifodalangan.
Ana Jiménez San Cristobalning yunon-rim sirlari va orfizmini oʻrganishdagi maʼlumotlariga koʻra, atamaning birlik shakli μύστης va koʻplik shakli μύσται qadimgi yunon matnlarida diniy sirlarga oʻzini baxsh etgan shaxs yoki shaxslarni anglatish uchun qoʻllanilgan. Olimning aniqlashicha, bu atamalar βάκχος (Bacchus) atamasi bilan bogʻliq boʻlib, u orfik sirlarni saqlovchi yetakchilarning maxsus sinfi uchun ishlatilgan. Bu atamalar birinchi marta Geraklit asarlarida bir-biriga bogʻliq holda keltirilgan. Yevripidning Kritliklar asarida oʻzini zohidlik hayotiga bagʻishlagan, jinsiy hayotdan voz kechgan va oʻliklar bilan aloqadan qochgan insonlar βάκχος nomi bilan keltiriladi. Bunday insonlar xudo Dionysus Bacchusga eʼtiqod qilganlar boʻlib, ular oʻz xudosi nomini qabul qilib, u bilan oʻxshashlikni izlaganlar. Antik davrda mistisizm Qadimgi Misr Qadimgi Misr mistisizmi ularning diniy va dafn marosimlari bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan. Misrliklar xudolarning murakkab panteoniga va oʻlimdan keyingi ruhning sayohati haqidagi mistik gʻoyalarni oʻz ichiga olgan narigi dunyoga ishonishgan. Misr mistisizmining markazida haqiqat, adolat va uygʻunlikni ifodalovchi Ma’at xudosi tomonidan ramziylashtirilgan ilohiy birlik va kosmik tartib tushunchasi boʻlgan. Mesopotamiya Mesopotamiyada mistisizm diniy marosimlar va folbinlik jarayonida kuzatilgan, bunda odamlar xudolarning irodasini karomatlar, tushlar va qurbonliklar orqali anglashga harakat qilganlar.
Qadimgi Yunoniston Qadimgi Yunonistonda ham misteriya deb ataladigan yashirin diniy marosimlar mavjud boʻlib, ularning ishtirokchilari diniy tajribaning oʻziga xos turini boshdan kechirishgan. Misteriyalar, odatda, bayramlar, marosim raqslari va rasm-rusumlarini, xususan, oʻlim va tirilishni ifodalovchi bagʻishlov marosimlarini oʻz ichiga olgan.
Eleusin mistisizmi Eleusin mistik marosimlari Qadimgi Yunonistondagi Eleusisda (Afina yaqinida) yashirin tarzda oʻtkazilgan maʼbudalar Demetra va Persefonaga bagʻishlangan ibodatlarda har yili tashkil etiladigan marosimlar boʻlganKerényi, Karoly, "Kore, " in C. G. Jung and C. Kerényi, Essays on a Science of Mythology: The Myth of the Divine Child and the Mysteries of Eleusis. Princeton: Princeton University Press, 1963: pages 101–55.. Bu marosimlar taxminan miloddan avvalgi 1600-yilda Mikenlar sivilizatsiyasi davrida boshlangan va ikki ming yil davom etgan. Ellinizm davrida ular yirik festivalga aylangan va keyinchalik Qadimgi Rimga ham tarqalganEliade, Mircea, A History of Religious Ideas: From the Stone Age to the Eleusinian Mysteries. Chicago: University of Chicago Press, 1978.. Koʻplab olimlar Eleusin marosimlaridagi mistik tajribalarning kuchi kikeonning (maxsus ichimlik) enteogen (psixologik taʼsirning bir turi) taʼsiridan kelib chiqqanligini taʼkidlashgan.
Zardushtiylik Forslarning qadimiy dini zardushtiylikda ham mistik unsurlar, xususan, ezgulik va yovuzlikning dualistik xususiyatlari va maʼnaviy poklanishga urgʻu berilgan.
Qadimgi Hindiston Qadimgi Hindiston dinlarida mistik qarashlar juda kuchli boʻlgan. Masalan, advayta-vedanta falsafiy maktabi tarafdorlari orasida diniy amaliyotning oliy ideali „moksha“ – sansaradan (dunyolarda cheksiz qayta tugʻilishlar zanjiri; tugʻilish va oʻlimning davriy aylanishi) ozod boʻlish va Mutlaq (Braxman) bilan birlashish hisoblangan.
Shuningdek, yoga ham mistik tajribaga erishish imkonini beruvchi va barcha individuallarning Braxmanning mutlaq birligida birlashuvi – hinduiylikning advayta taʼlimoti bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan maʼnaviy va jismoniy amallar tizimidir.
Mistisizmning dinlarda tarqalishi
Mistisizmning turli taʼriflaridan kelib chiqqan holda mistisizmni turli milliy dinlarda ham, xalqaro dinlarda ham uchratish mumkin.
Xristianlikda mistisizm
Mistisizm ham Gʻarb, ham Sharq nasroniyligiga xos boʻlsa-da, turli eʼtiqodlarda mistisizmning mohiyati haqida turli xil qarashlar mavjud. Xususan, Ioann Meyendorf va Yevgeniy Torchinov mistisizm pravoslavlikda (Isixazm) koʻproq rivojlangan deb hisoblashgan. Pavel Florenskiy katoliklarning „xayoliy“ mistikasini pravoslavlarning „aqliy“ mistikasiga qarama-qarshi ekanligi haqida yozgan. Kallis (Uer) bu haqda shunday yozadi:
Har qanday haqiqiy pravoslav ilohiyoti mistikdir: ilohiyotdan ajralgan mistika subyektivizm va bid’atga aylanganidek, ilohiyot ham mistisizmdan ajralgan holda quruq, „akademik“ sxolastikaga aylanadi.
Sharqiy provaslav cherkovi
Sharq pravoslav xristianligida mistisizm teoz (ilohiylashtirish yoki xudolashtirish) tushunchasi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, bu insonlar Xudoning ilohiy tabiatiga qoʻshilishi mumkinligi haqidagi eʼtiqoddir. Teoz pravoslav xristian tasavvufining markaziy gʻoyasi boʻlib, u Xudoning inoyati tufayli inson Xudoning ilohiy hayotida ishtirok etishi mumkinligini taʼkidlaydi. Bu jarayon bosqichma-bosqich boʻlib, ibodat, muqaddas marosim va zohidlik amallari orqali sodir boʻladi va Xudo bilan bevosita aloqa bilan yakunlanadi.
Rim katolik cherkovi
Oʻrta asrlarda (X-XIII asrlar) Gʻarbiy Rim katolikligida yangi monastir tartiblari rivojlanishiga mos ravishda mistik amaliyot va nazariya ham gullab-yashnadi. Bu davrda Guigo II, Bingenlik Hildegard, Clairvauxlik Bernard va Viktorinlar kabi shaxslar paydo boʻldi. Bu insonlar turli diniy jamoalarga mansub boʻlsa-da, oddiy xalq orasida ham chin dindorlikning ilk bor ravnaq topishi kuzatildi.
Oʻrta asrlar oxirlarida Dominikan va Fransiskan tafakkur maktablari oʻrtasidagi ziddiyat yuz berdi. Bu ziddiyat ikki xil mistik teologiya oʻrtasidagi kurash ham edi: bir tomondan Dominic de Guzmánning, boshqa tomondan esa Assisilik Francis, Padualik Anthony, Bonaventure va Folingolik Angelaning taʼlimotlari. Bu davr, shuningdek, Ruysbroecklik John, Sienalik Catherine va Genoalik Catherine kabi shaxslarni, Devotio Moderna harakatini hamda Theologia Germanica (Nemis teologiyasi), The Cloud of Unknowing (Noaniqlik buluti – Ushbu anonim oʻrta asr nasroniy matni Gʻarb nasroniy mistisizmidagi asosiy asar hisoblanadi. Unda tafakkur ibodati va „bilmaslik“ tushunchasining Xudo bilan birlashish yoʻli sifatidagi ahamiyati taʼkidlanadi) va The Imitation of Christ (Masihga taqlid) kitoblarning yaratilishini ham oʻz ichiga olgan.
Bundan tashqari, turli geografik mintaqalar atrofida joylashgan mistiklar guruhlarining oʻsishi kuzatildi: Magdeburglik Mechthild va Hadewijch kabi Beguinlar; Raynland mistiklari Meister Eckhart, Johannes Tauler va Henry Suso; va ingliz mistiklari Richard Rolle, Walter Hilton va Norwichlik Julian. Ispan mistiklari orasida Avilalik Teresa, Crosslik John va Ignatius Loyola bor edi. Avilalik Teresaning The Interior Castle (Ichki qal’a) asari eng chuqur nasroniy mistik matnlardan biridir. U koʻngilning yetti bosqich orqali Xudo bilan maʼnaviy birlashish sari yoʻlini metaforik til va tasavvurlar yordamida tasvirlaydi. Xristian tasavvufining yana bir muhim asari boʻlmish, Crosslik Johnning The Dark Night of the Soul (Qalbning qorongʻu tuni) asari ruhning poklanishi va „qorongʻu tunlar“ orqali sayohatini tasvirlaydi. Bu ramziy ifoda chuqurroq maʼnaviy aloqaga olib boradigan azob-uqubatlar davrini anglatadi.