Michail Gregory Antonio (1990-yil 28-martda tug‘ilgan) — professional futbolchi. Hozirda Premer-liganing West Ham United klubi va Yamayka milliy terma jamoasida hujumchi hisoblanadi.
Antonio o‘z faoliyatini Tooting & Mitcham United havaskor klubida boshlagan va 2008-yilda Chempionship jamoasi hisoblangan Reading klubi bilan shartnoma imzolagan. Readingda to‘rt yil davomida asosiy tarkibdan joy topishda qiynalgan Antonio Cheltenham Town, Southampton, Colchester United va Tooting & Mitcham singari klublarga ijaraga yuborilgan. Nihoyat, Sheffield Wednesday klubidagi ijaradan so'ng Antonio 2012-yilda klub bilan doimiy shartnoma imzolagan. U yerda 64 o‘yinda maydonga tushgan 12 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. 2014-yilda Nottingham Forest jamoasi uni o‘z safiga qo‘shib olgan. Nottingham Forest safida Antonio 50 o‘yinda 16 ta gol urishga erishgan, bu esa o'z navbatida Premer-liganing West Ham United klubi e’tiborini tortgan. 2015-yilda West Ham bilan shartnoma imzolagan Antonio klubda turli pozitsiyalarda, jumladan, o‘ng qanot himoyachisi, o‘ng qanot hujumchisi va hujumchi sifatida o‘ynagan. Keyinchalik vanihoyat asosiy hujumchi sifatida mustahkamlangan. 2021-yil 23-avgustda u West Ham Unitedning Premyer-ligadagi eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
Klublardagi faoliyati Dastlabki faoliyati Antonio Londonning Wandsworth shahrida tug‘ilgan. U 12 yoshida Tooting & Mitcham United Juniors klubida futbol o‘ynashni boshlagan va bu jamoada olti mavsum o‘ynagan. 14 yoshida Tottenham Hotspur jamoasi uni sinovdan o‘tkazishga taklif qilgan, ammo uning onasi bu imkoniyatdan foydalanishni rad etgan va Antonio Tooting & Mitchamda qolgan. U keyinchalik Brentford va Queens Park Rangers klublarida sinovlardan o‘tgan bo'lishiga qaramay baribir muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Antonio 17 yoshida Tooting & Mitcham United klubi bilan shartnoma imzolagan va 18 yoshida Wealdstone jamoasiga qarshi safardagi o‘yinda debyut qilgan. Ushbu o'yinda u o‘zining ilk golini urgan va jamoasiga 3-0 hisobidagi g‘alaba keltirgan.
Reading Tooting & Mitcham Unitedda bir nechta o‘yinda maydonga tushganidan so‘ng, Antonio 2008-yil 28-oktabrda Chempionshipning Reading jamoasi bilan noma’lum summaga shartnoma imzolagan. 2009-yilning yanvar oyida u Tootingga bir oylik ijara asosida qaytib borgan va ijara muddati bir oydan ko‘proqqa uzaytirilgan, ammo u Reading tomonidan chaqirib olingan.
2010-yilning yozida Southampton klubiga ijaraga berilganidan so‘ng, Antonio Reading bilan 2013-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagan. 2010–2011-yilgi mavsumda u jamoa safida 24 o‘yinda maydonga tushib bitta gol urgan.
Cheltenham Town (ijara) Tootingdagi ijaradan qaytarilganidan so‘ng, Antonio Cheltenham Town klubiga bir oylik ijara asosida yuborilgan. U Cheltenham safidagi ilk debyutini 2009-yil 21-fevralda Leeds United jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazgan.
Southampton (ijara) 2009-yil 5-oktabrda Antonio Southampton klubiga bir oylik ijaraga berilgan va 9-oktabr kuni Southend United jamoasiga qarshi o‘yinda o'z debyutini amalga oshirgan. U o‘zining ilk golini 6-noyabrda Angliya kubogi doirasida Bristol Rovers klubiga qarshi o‘yinda urgan. Uning ijara muddati mavsum oxirigacha uzaytirilgan. 2010-yilgi Angliya liga kubogi finalida u Milton Keynes Dons jamoasiga qarshi o‘yinda gol urgan. Wembley stadionida o‘tkazilgan ushbu finalda Antonioning jamoasi 4–1 hisobida g‘alaba qozongan. Antonioning ijara muddati tugagach Southampton bilan qolish istagini bildirgan.
Colchester United (ijara) Antonio 2011-yil 15-avgustda Colchester United bilan bir oylik ijara shartnomasini imzolagan va 16-avgustda Charlton Athleticga qarshi o‘yinda o'z debyutini amalga oshirgan. Uning Colchester safidagi birinchi goli 20-avgust kuni Huddersfield Townga qarshi o‘yinda kiritilgan. Ijara muddati bir necha bor uzaytirilgan va u klub uchun jami 15 o‘yinda to‘rtta gol urgan.
Sheffield Wednesday 2012-yil 21-fevralda Antonio Sheffield Wednesday bilan shoshilinch ijara shartnomasini imzolagan. U 26-fevral kuni Sheffield Unitedga qarshi mahalliy derbida debyut qilgan. Keyingi o‘yinda u Buryga qarshi o'yinda ikkita gol urgan va yana bir gol uchun assistentlik qilgan. Antonio Sheffield Wednesdayga 2012-yilgi mavsum oxirida Premer-ligaga chiqishda yordam bergan.
2012-yil 6-avgustda Antonio Sheffield Wednesday bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan va ilk mavsumida 9 ta gol urgan. 2013-yilning mart oyida Cardiff Cityga qarshi o‘yinda olgan jarohati sabab mavsum oxirigacha maydonga tusha olmagan.
Nottingham Forest 2014-yil 6-avgustda Antonio Nottingham Forest bilan uch yillik shartnoma imzolagan. U birinchi mavsumda 14 ta gol urib, Nottingham Forestning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
West Ham United 2015–2017
2015-yil 1-sentabrda Antonio Premer-liganing West Ham United klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan. U 2015-yil 19-sentabrda Manchester Cityga qarshi o‘yinda debyut qilgan. 2015-yil 28-dekabrda Antonio West Ham safidagi ilk golini urgan. 2016-yil iyul oyida u West Ham bilan yangi to‘rt yillik shartnoma imzolagan.
2017–2021 2020-yil 11-iyulda Antonio Norwich Cityga qarshi o‘yinda to‘rtta gol urib, West Ham tarixida bir o‘yinida to‘rtta gol urgan ilk futbolchiga aylangan.
2021–2022 2021-yil 23-avgustda Antonio Leicester Cityga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan va West Hamning Premyer-ligadagi eng yaxshi to‘purariga aylangan. U avgust oyidagi Premyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
2022–2023 2023-yil 7-iyunda Antonio West Ham safida 2023-yilgi UEFA Konferensiyalar Ligasining finalida qatnashgan va jamoasiga 43 yildan beri birinchi marta sovrin yutishda yordam bergan.
2023–2024 2023-yilning avgust oyida Antonio Chelsea ustidan qozonilgan 3-1 hisobidagi g‘alabada o‘zining mavsumdagi ilk golini urgan.
Xalqaro faoliyati 2016-yil mart oyida Antonio Yamayka terma jamoasida o‘ynash taklifini rad etgan va Angliya terma jamoasida o‘ynash niyati borligini bildirgan. 2021-yilning mart oyida Antonio Yamayka terma jamoasida o‘ynashga qaror qilgan va 2021-yilning 5-sentabrida Panama bilan bo‘lgan o‘yinda debyut qilgan. 2024-yilda u Yamaykaning Copa América turniridagi ilk golini urgan.
O‘yin uslubi Antonio o‘zining ko‘p qirrali o‘yini bilan tanilgan. U West Hamda turli pozitsiyalarda, jumladan, o‘ng qanot himoyachisi, yarim himoyachi va hujumchi sifatida o‘ynagan.
Shaxsiy hayoti Antonio ajrashgan va to‘rtta farzandi bor.
Manbalar
Havolalar
Michail Antonio West Ham United F.C. saytida (archived)
turkum:1990-yilda tugʻilganlar turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yamaykalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilarTurkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Tooting & Mitcham United F.C. futbolchilari Turkum:Reading F.C. futbolchilari turkum:Cheltenham Town F.C. futbolchilari Turkum:Southampton F.C. futbolchilari turkum:Colchester United F.C. futbolchilari turkum:Sheffield Wednesday F.C. futbolchilari Turkum:Nottingham Forest F.C. futbolchilari turkum:West Ham United F.C. futbolchilari turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari