Abdurahmon ibn al-Dahhok ibn Qays al-Fihri () – VIII asrda Umaviylar xalifaligining Madina (720–723) va Makkadagi (721/722–723) hokimi.
Faoliyati Abdurahmon 684-yilda Marj Rahit jangida halok boʻlgan Qurayshiylarning Qays urugʻi boshligʻi al-Dahhok ibn Qays al-Fihriyning oʻgʻli boʻlgan. Xalifa Yazid ibn Abdulmalik hukmronligi (720–724) davri boshida Madinaga hokim etib tayinlangan. 721 yoki 722-yillarda qoʻshimcha ravishda Makka ustidan nazorat olib borish vakolati berilgan. Shuningdek, xalifa Yazid tomonidan 720, 721 va 722-yillarda haj ziyoratlariga rahbarlik qilish ham aynan uning zimmasiga yuklatilgan; ; ; ; . According to , the only pilgrimage that he led was that of 721..
Viloyat hokimi sifatida Abdurahmon Madinaning yuqori qatlam vakillari bilan maslahatlashishdan bosh tortgan va shu sababli ham aholi uni yoqtirmagan. Hokim shaharda istiqomat qiluvchi ansorlarga nisbatan yomon munosabatda boʻlganlikda ayblangan. Ayniqsa, ansoriy Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn Hazm bilan keskin munosabatda boʻlgan; ; .. Bundan tashqari, Abu Bakr tomonidan tayinlangan qozi Abu Tuvala Abdulloh ibn Abdurahmon al-Ansoriyni ham lavozimidan boʻshatib, uning oʻrniga Salama ibn Abdulloh al-Maxzumiyni tayinlagan; . calls him Maslamah ibn Abdallah..
Abdurahmonning hokimlik davri 723-yilda barham topgan. Ali ibn Abu Tolibning nabirasi Fotima bint al-Husaynni taʼqib qilib, uni zoʻrlab turmushga berishga harakat qilgan, agar Fotima bundan bosh tortsa, uning toʻngʻich oʻgʻlini qamchilash bilan tahdid solgan. Buning natijasida esa hokimiyatdan ayrilgan. Fotima bunga javoban xalifa Yazid ibn Abdulmalikka shikoyat qilgan, xalifa gʻazab bilan Abdurahmonni lavozimidan boʻshatib, unga nisbatan qirq ming dinor jarima undirib, qiynoqqa solish uchun Suriyadagi qarorgohlaridan biriga joʻnatilgan. Abdurahmon oʻziga qarshi chiqarilgan hukmdan xabar topgach, xalifaning ukasi Maslama ibn Abdulmalikdan yordam soʻrashga uringan, biroq Yazid Abdurahmonga jazoni amalga oshirishdan oldin biroz muhlat berishdan ham bosh tortib, oxir-oqibat Madinaga qaytarib yuborgan. Unga oʻqilgan hukmdan keyin Abdurahmon qashshoq boʻlib qolgan va keyinchalik Madina koʻchalarida uning tilanchilik qilib yurganini ham koʻrishgan; ; ; ..
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Madinadagi Umaviylar hokimlari Turkum:8-asr arab shaxslari