thumb Lya-bemol minor (as-moll deb ham ataladi) — tonikasi lya-bemol minor bo‘lgan tonallik. Kalit oldida yettita bemol belgisi (si-bemol, mi-bemol, lya-bemol, re-bemol, sol-bemol, do-bemol va fa-bemol) mavjud. Lya-bemol minor engarmonik sol-diyez minor bilan tengdir.

Lya-bemol minor tonalligining VII pog‘onasi yarim ton ko‘tarilsa — garmonik minor, VI va VII pog‘onalari birga ko‘tarilsa — melodik minor hosil bo‘ladi. Asosiy tonalligi lya-bemol minor bo‘lgan ba’zi musiqiy pyesalar ham ushbu nom bilan ataladi va ular odatda shu tonallikda (lya-bemol) yakunlanadi. Lya-bemol minor akkordi lya-bemol notasidan tuzilgan kichik uchtovushlikdan iborat bo‘lib, bu akkord lya-bemol minorning tonika (1-pog‘ona) akkordi hisoblanadi.

Manbalar

Havolalar