FarDU futbol klubi – Fargʻona shahridagi, Fargʻona davlat universiteti futbol klubi. Klub 2024-yilda tashkil etilgan. 2024-yildan Oʻzbekiston Birinchi ligasida qatnashgan, 2025-yildan buyon O'zbekiston pro ligasida ishtirok etib kelmoqda.

Tarix FarDU klubi professional jamoa sifatida 2024-yilda tashkil etilgan. Bundan avval ham klub faoliyat olib borgan boʻlsa-da, asosan havaskorlar darajasidagi Oʻzbekiston ikkinchi ligasi hududiy bosqichi, Fargʻona viloyati chempionatida ishtirok etgan. Jamoa bir necha bor hududiy bosiqchni muvaffaqiyatli yakunlab, Oʻzbekiston ikkinchi ligasi oʻtish bosqichiga qadar yetib borgan. 2023-yilgi Oʻzbekiston ikkinchi ligasi hududiy bosiqchda gʻoliblik qoʻlga kiritgan va Birinchi liga oʻtish bosqichida muvaffaqiyatli oʻtkazib Oʻzbekiston Birinchi ligasiga yoʻllanma olgan.

2024-yilgi mavsumda klub Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etgan va mavsum yakunida uchinchi oʻrinni egallagan. 2025-yilgi mavsum oldidan OʻzPFL klubning litsenziyalarish talablariga javob berishini va 2025-yilgi Oʻzbekiston Pro ligasi turnirida ishtirok etishini tasdiqlagan. FarDU klubi Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirok etishi natijasida Oʻzbekistondagi professional turnirlarida ishtirok etadigan ilk professional Oliy taʼlim jamoasiga aylandi.

Farg'ona davlat universiteti (FarDU) "Neftchi" bilan tarixiy va hozirgi aloqaga ega. Universitetning oldingi shakli – pedagogika instituti 1954-yilda "Burovestnik" jamoasini tashkil etgan va bu jamoa Farg'ona futbolining asosini qo'ygan. "Burovestnik" talabalar jamoasi sifatida universitet sportini rivojlantirgan va "Neftchi"ning 1962-yildagi asos solinishiga zamin yaratgan.

Hozirgi vaqtda FarDU ning Osiyoda yagona talabalardan tuzilgan o'z futbol klubi – "FarDU" PFK mavjud bo'lib, u O'zbekiston Pro-ligasida ishtirok etadi. 2025-yilda "Neftchi" futbol akademiyasi va FarDU o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelishuv chog‘ida Farg‘ona viloyati futbol assosiatsiyasi bosh mutaxassisi Rasuljon Yuldashev: “Neftchi” futbol klubi Farg‘ona davlat pedagogika institutining (hozirgi FarDU) "Burovestnik" talabalar futbol jamoasi asosida shakllangan. Niyatim “FarDU” PFK ham “Neftchi”day champion bo‘lib yursin!”  deganida futbol mutaxassisining o‘z tarixiga ega futbol klubining hozirgi mavqeyiga ham katta baho berganini tasdiqlaydi

Xulosa qilib aytganda, "Neftchi" O'zbekiston futbolining faxrlaridan biri bo'lib, uning tarixi FarDU bilan chambarchas bog'liq. Bu aloqa Farg'ona viloyati sportini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Yutuqlar Oʻzbekiston ikkinchi ligasi: Fargʻona viloyati chempionati gʻolibi: 2016, 2023 Oʻzbekiston Birinchi ligasi oʻtish turnirida uchinchi oʻrin: 2023 Oʻzbekiston Birinchi ligasi uchinchi oʻrin: 2024

Oʻyinchilar

Hozirgi tarkib

U19

Jamoa Rahbariyati LavozimIsmPrezidentBahodirjon ShermuhammadovIjrochi direktori Zarifbek MamatqulovJamoa menedjeri Jasurbek HamroqulovSport direktori Ruslan XudayatovAdminstrator Azizbek Isomiddinov Murabbiylar shtabi

LavozimIsmBosh murabbiy Shavkat Yusupov Yordamchi murabbiy Abdusamad DoʻrmonovDarvozabonlar murabbiyi Bahodir ShamshiddinovU19 jamoa murabbiyi Jahongir PoʻlatovShifokor Komiljon IkromovFizoterapevtBahodir Haydarov

Manbalar

Havolalar FarDU (futbol klubi) OʻzPFL saytida Ijtimoiy tarmoq (telegram kanal): https://t.me/pfc_fardu FK FarDU - Club profile | Transfermarkt - Transfermarkt saytida

Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Pro Liga jamoalari Turkum:Fargʻona viloyati futbol klublari Turkum:2024-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:2024-yilda tashkil etilgan futbol klublari