Said Yusuf Najmuddin ibn Sulaymon () (milodiy 1567-yil 23-iyunda yoki hijriy 974-yil Zulhijja oyining 16-sanasida Yamanning Tayba shahrida vafot etgan) Toyyibiy ismoiliylarning 24-Daʼi al-Mutlaq (mutlaq missioner) lavozimida faoliyat olib borgan. U Muhammad Izzaddindan keyin bu diniy lavozimga tayinlangan.

Oilasi Uning yettita aka-ukasi va Fotima Baysohiba ismli bir singilisi boʻlgan. Otasining ismi Sulaymon, onasining ismi Nur Bibisohiba boʻlgan.

Hayoti Said Yusuf Najmuddin Hindistonning Gujarot shtatidagi Sidhpur shahrida tugʻilib, oʻsgan. U islom ilmini oʻrganish uchun Yamanga borgan koʻplab iqtidorli talabalardan biri edi. Avvaliga, Said Yusuf Said Hasan bin Nuhdan taʼlim oladi. Uning oʻtkir zehni va bilimga chanqoqligi tez orada 23-daʼi Said Muhammad Izzaddinning eʼtiborini tortadi. Shundan soʻng, u Said Yusufga shaxsan taʼlim bera boshlaydi va har ikki kunda dars oʻtadi. Taʼlimi yakunlangach, Yusuf Hindistonga qaytadi. 1536-yilda Said Izzaddin Sidhpurda boʻlganida Said Yusuf Najmuddinni oʻz vorisi etib tayinlaydi. U Sidhpurda besh yil qolib, minoralari bugungi kungacha saqlanib qolgan masjid qurdiradi. Sidhpurda uning izdoshlari va boshqa mahalliy aholi oʻrtasida nizo kelib chiqadi, natijada izdoshlarga qarshi savdo boykoti eʼlon qilinadi. Bunga javoban, Said Yusuf oʻz izdoshlariga alohida bozor tashkil etishni buyuradi. Yigirma toʻrtta doʻkon ochiladi va mahalliy quduqdan foydalanish man etilgan izdoshlari uchun maxsus quduq qazdiradi .

Shundan soʻng, u Yamanga safar qilishga qaror qiladi. U yerda dushmanlari Usmonli turklar hukmronligi davrida viloyat hokimi boʻlgan Arvayn Posho zamonida Daʼvatga tegishli koʻplab qal’alarni bosib olgan edi. Said Yusuf avvalgi daʼilarga tegishli boʻlgan qal’alarning aksariyatini qaytarib olishga muvaffaq boʻladi. Oʻtgan daʼilar zamoniga oid kitoblar hamda boshqa ilohiyot va adabiyotga oid asarlar Hindistonga olib kelinadi.

Vorislik Said Yusuf Najmuddin Ahmadobodlik Jalol Shamshuddin ibn Hasanga nass (vorislik belgisi) bergan.

Qabri Uning daʼi sifatidagi faoliyati 28 yil, 9 oy va 23 kunni tashkil etadi. Uning qabri Yamanning Tayba shahrida joylashgan. Bu 1961-yilda Yamanga birinchi tashrifi paytida 52-daʼi Said Muhammad Burhoniddin tomonidan aniqlangan.

Galereya

Manbalar

Havolalar Daftary, Farhad, The Ismaili, Their History and Doctrine(Chapter -Mustalian Ismailism- p. 300-310) Lathan, Young, Religion, Learning and Science Bacharach, Joseph W. Meri, Medieval Islamic Civilisation

Turkum:1567-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:16-asr ismoiliylari