Tolibiy (XVIII asrda yashagan) — oʻzbek shoiri.

Hayoti Tolibiyning hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar juda kam. XVIII–XIX asrlarda tuzilgan qoʻlyozma va bosma bayozlarda uningning ishqiy gʻazallaridan namunalar uchraydi. Shuningdek, uning axloqiy-taʼlimiy xarakterga ega ixcham „Tolibnoma“ dostoni bizgacha yetib kelgan. Unda shoir halollik, rostgoʻylik, shirinsuxanlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, imon, diyonat va mustahkam eʼtiqodning ahamiyatini qayd etadi. U islomiy ahkomlarni targʻib qilib, zulm, zoʻravonlik va barcha gʻayriinsoniy xatti-harakatlarni keskin qoralaydi.

Asarlari

Tolibnoma

Manbalar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar