Tumama ibn al-Valid ibn Qaqa al-Absiy () – bilad ash-shamlik zodagon nasldan boʻlgan arab generali. Abbosiylar xalifaligiga xizmat qilgan.
U Banu Abs oilasidan. Bu qabila eski arab qabila zodagonlari (ashraf) tarkibiga kirardi. Xalifa Abdulmalik ibn Marvon (hukmronligi 685–705) Tumamaning bobosi Qoqo ibn Xulayd al-Albsiyning amakivachchasiga uylanish ortidan Umaviylar sulolasi bilan aloqa oʻrnatgan. Otasi al-Valid Umaviylarga lashkarboshi va Qinnasrin hokimi sifatida xizmat qilgan. Ammo ikki aka-uka Valid II ning taxtga oʻtishiga qarshi chiqqani uchun, Tumamaning amakisi Abdulmalik va boshqa oila aʼzolari bilan birga qiynoqqa solinib, oʻldirilganCrone (1980), pp. 105–106.
Tumama qotilliklardan omon qoldi va Umaviylarni agʻdargan Abbosiylarga Vizantiya imperiyasiga qarshi lashkarboshi sifatida xizmat qildiCrone (1980), p. 106. 777-yildaKennedy (1990), pp. 187–188 Vizantiya Kichik Osiyoga qilingan hujumlarni boshqardi. Lekin 778-yilda Vizantiya generali Michael Lachanodrakonga magʻlub boʻldiKennedy (1990), p. 198. 779-yilda harbiy yurishga mas’ul etib tayinlangan. Ammo at-Tabariyning yozishicha, u vazifani amalga oshira olmagan va oʻrniga al-Hasan ibn Qohtaba tayinlanganKennedy (1990), p. 206.
Tumama haqida boshqa hech narsa maʼlum emas. Lekin uning oʻgʻli Usmon 810-yillarda Toʻrtinchi Fitnaning gʻalayonlaridan foydalanib, oʻz hududlarining amalda mustaqil hukmdorlariga aylangan Qinnasrinning mahalliy yetakchilaridan biri ediCrone (1980), p. 106. Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligi generallari Turkum:Arab-Vizantiya urushlari abbosiylari Turkum:Vafot yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Gʻatafon Turkum:Arab generallari