Al-Muzaffar Ahmad (; 1419-yil 27-may — 1430) Shayx al-Mahmudiyning oʻgʻli va 1421-yil 13-yanvardan 29-avgustga qadar qisqa muddat Misrning mamluk sultoni boʻlgan.
Biografiyasi Al-Muzaffar Ahmad 1421-yil 13-yanvarda, otasining vafotidan keyin 18 oyligida sulton boʻlgan. Amir Sayfiddin Tatar tez orada hokimiyatni mustahkamlab, 1421-yil 29-avgustda yosh sultonni taxtdan tushirdi. U sultonning onasi malika Saodat bilan nikohdan o‘tdi, ammo keyinchalik ajrashib ketdi. Al-Muzaffar Ahmad va ukasi Ibrohim Iskandariyada tutqunlikda saqlanib, har ikkisi ham oʻlatdan vafot etgan. Aka-uka dastlab Iskandariyada dafn etilgan, ammo keyinchalik otasining Qohiradagi maqbarasiga koʻchirilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Burjiy sultonlar Turkum:15-asr mamluk sultonlari Turkum:1419-yilda tugʻilganlar Turkum:1430-yilda vafot etganlar