thumb|Bani Shayba darvozaboni, taxminan 1880-yil thumb|Misr sultoni Barquq davrida Kaʼba kaliti Banu Shayba (, ) – Saudiya Arabistonining Hijoz mintaqasidagi qadimgi Quraysh qabilalar ittifoqining Banu Abduddor boʻlimiga mansub arab urugʻi. Ushbu urugʻ vakillari, asosan, Usmon ibn Talha, uning otasi Talha ibn Abdulloh va bobosi Abduddor ibn Qusayning avlodlaridan iborat. Maʼlumki, ular tarixda Kaʼba qorovuli vazifasini oʻz zimmalariga olganlar va shuning uchun islomdan oldingi davrdan boshlab, shuningdek, keyinchalik 630-yilda islom paygʻambari Muhammad tomonidan Makka fath qilinganidan soʻng ham Kaʼbaning kalitlarini oʻzlarida saqlab kelishgan.
Umumiy maʼlumot Qabila aʼzolari tozalash marosimi davomida Kaʼbaga tashrif buyuruvchilarni kutib oladilar va tashrif buyuruvchilar bilan birgalikda uning ichki qismini tozalaydilar. 2010-yilning noyabr oyida vafot etgan Shayx Abdulaziz ash-Shaybiy (baʼzan ash-Shaybiy deb ham ataladi) oʻn sakkiz yil davomida Kaʼba kalitini oʻzida saqlab turgan. Uning akasi Abdulqodir ash-Shaybiy esa undan keyin kalitning egasiga aylangan. Abdulqodir ash-Shaybiy 2014-yil 23-oktyabrda vafot etgan Shayx Abdulqodir ash-Shaybiy Usmon ibn Talhaning 108-vorisi boʻlgan.
Shaybiylar oilasining eng keksa aʼzosi doktor Solih ibn Zayn al-Obidin ash-Shaybiy 2024-yil 22-iyun kuni vafot etguniga qadar Kaʼba kalitlarining qoʻriqchisi boʻlgan. Yangi vasiy etib Abdulvahob bin Ziyon al-Obidin ash-Shaybiy tayinlangan.
Tarixi Kaʼbaning kalitlari Qurayshdan oldin Ad qabilasi Tasm urugʻi vakillariga berilgan. Keyinchalik esa Banu Xuzoa qabilasiga, undan esa Qusayga oʻtgan. Qusaydan keyin kalit uning oʻgʻli Abduddorga, undan keyin oʻgʻli Usmonga topshirilgan. Kalit bir kishidan boshqasiga oʻtib, oxir-oqibat ularning jiyani Shaybaga yetgan. Bugungi kunda ham kalit ularning avlodlari tomonidan meros qilib olinmoqda. Paygʻambar Muhammad Makka fath qilingan yili Banu Shaybaga Kaʼba kalitlarini topshirgan va shunday degan: „Uni oling, ey Banu Talha, Qiyomat kunigacha abadiy saqlang va u sizlardan faqat adolatsiz, zolim hukmdor tomonidan tortib olinadi“.
Manbalar
Havolalar Article with a photo of the Kaaba key and lock Arab Newsda.
Turkum:Kaʼba