Umar ibn al-Xattob masjidi () – Saudiya Arabistonining al-Javf viloyatidagi tarixiy Dumat al-Jandal shahrida joylashgan islomiy (sunniy) masjid. Roshidun xalifasi Umar ibn al-Xattob sharafiga nomlangan boʻlib, aynan xalifa tomonidan qurilgan deb ishoniladi, biroq ushbu maʼlumot bahslidir. Masjidning minorasi bunday uslubda qurilgan Shimoliy Arabistondadagi birinchi minora hisoblanadi.

Masjidga tutash joyda milodiy I asrga taalluqli tarixiy Marid qal’asi joylashgan.

Tarixi Masjid Umaviylar xalifaligi davrida qurilgan. Islomiy manbalarga koʻra, xalifa Umar ibn al-Xattob Quddusga safari chogʻida namoz oʻqish uchun masjid qurdirgan, shu sababli ushbu masjidga uning nomi berilgan. Biroq binoning tuzilishi Roshidun xalifaligi davri meʼmorchiligiga oʻxshamaydi, shu sababli uning qurilishining Umarga nisbat berilishini baʼzi tarixchilar ishonchsiz deb hisoblashadi.

1793-yilda Saudiylar oilasi masjidni taʼmirlagan, shuningdek, namozxonani qiblaga toʻgʻriroq yoʻnalishda qaratib turishi uchun qayta qurgan. Masjid bugungi kunda ham mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi.

Arxitekturasi Masjid minorasi Shimoliy Arabistondagi eng qadimgi minora hisoblanadi. Bino, jumladan uning namozxonasi va minorasi gʻishtdan qurilgan.

Galereya

Manbalar

Turkum:Saudiya Arabistonidagi sunniy masjidlar Turkum:Al-Jouf viloyati Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Saudiya Arabistonidagi minorali masjidlar