Sanki Yedim masjidi (, shuningdek, Mehmed Shokir afandi masjidi yoki Keçeci Hayreddin masjidi) – Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Zeyrek mahallasida joylashgan masjid.

Tarixi Sanki Yedim masjidi dastlab XVIII asrda Keçeci Hayreddin yoki Sankiyedim nomi bilan qurilgan boʻlishi mumkin.

Bir paytlar ushbu masjid Adanali Mehmet Shokir ogʻa tomonidan qayta qurilgan. Oradan vaqt oʻtgach, bino yonib ketgan, keyinchalik Imomzoda Hasan Afandi tomonidan qayta qurilgan va 1868-yilda masjid foydalanuvchilar uchun ochilgan. 1908-yilgi Çırçır yongʻinida yana masjid binosi yonib ketgan. 1959–1961-yillarda esa Turkiya Anitlar Derneği tomonidan qayta tiklangan.

Tavsifi Masjidning bugungi kundagi koʻrinishi meʼmoriy jihatdan boshqa masjidlardan ajralib turmaydi. Masjid binosi koʻp qavatli uylar orasida siqiq holda joylashgan va uni qurishda temirbeton qurilish materialidan foydalanilgan.

Manbalar

Turkum:18-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Istanbuldagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar