Vanuatda Islom – kamchilik dini. Dinni taxminan 1000 kishi qabul qiladi, bu mamlakat aholisining 0,1% dan kamini tashkil etadi, Vanuatu aholisining 83% esa xristianlikning turli oqimlariga eʼtiqod qiladi.
Tarix Vanuatudagi birinchi musulmonlardan biri Husayn Nabanga boʻlgan. U islomni Hindistonda yashayotganida1978-yil qabul qilgan. Husayn Nabanga Imer Tenikuda orolodagi mela xalqining vakili. Vatanga qaytganidan soʻng, Nabanga oʻz xalqi orasida islomni targʻib qila boshladi. Vanuatuda islomni mele xalqi birinchi boʻlib qabul qilgan, Shundan soʻng boshqa orollarga tarqalishni boshladi. Diniy masalalar bilan shugʻullanadigan musulmon jamiyati roʻyxatdan oʻtkazildi. Mele xalqiqining vakili Muhammad Sodiq Sambo ushbu jamiyatning rahbari hisoblanadi. Vanuatdagi birinchi masjid 1992-yilda Porta-Villa yaqinidagi Mele qishlogʻida tashkil etilgan.
Hozirgi holat Vanuatu musulmonlarining aksariyati sunniylar, ammo 2005-yilda tashkil etilgan ahmadiya jamoasi ham mavjud. 2007-yil mamlakatda 200 ga yaqin fuqoro islomni qabul qilgani va yangi masjidlar qurilganligi haqida xabar berilgan. Avstraliyadan kelgan musulmon voizlar ham Vanuatuda islomni ommalashtirish bilan shugʻullanmoqdalar.
Manbalar
Turkum:Davlatlarga koʻra islom Turkum:Vanuatuda islom