Inoyatxoja Maxdum (1837-yil, Namangan, Qoʻqon xonligi – 1899-yil Namangan, Fargʻona viloyati) —naqshbandiya tariqati murshidi. Namangan ulamolari raisi va Azizxoʻja madrasasi bosh mudarrisi vazifalarida ishlagan. Biografiyasi Namangan shahri Chuqur koʻza dahasi Langar mahallasida tavallud topgan. Nasil-nasabi Paygʻambar Muhammadga ikkinchi tarafdan esa Shayx Xovandi Tohurga taqaladi. Otasi Ulugʻxoja, bobosi Niyozxoja hamda katta bobosi Abdusamat eshonlar zamonasining koʻzga koʻringan olimlaridan boʻlishgan.
Taʼlimi Dastlabki bilimni ota-onasidan oladi. Keyin Namanganda xoja Amin madrasasida Azizxoja eshondan ilm oladi. 1853-yil Buxoro madrasalarida talimni davom ettiradi. 1863-yil Namanganga qaytadi. Namanganda Langar masjidida imom-xatiblik qila boshlaydi. 1865-yil Qoʻqon xoni Xudoyorxon Namangan ulamolar raisi va Azizxoʻja madrasasi bosh mudarrisi etib tayinlaydi. Taxminan 1866—1867-yillarda Andijon viloyatining Shahrixon tumaniga kelib bir muddat yashagan.
Naqshbandiya tariqati namoyondasi Muhammad Solih Eshoni Xoʻqandiyga murid tushib naqshbandiya tariqati talimini olgan.
Manbalar
Turkum:1837-yilda tugʻilganlar Turkum:1899-yilda vafot etganlar Turkum:Naqshbandiylik Turkum:Shayx Hovandi Tohur avlodi