Murodiya majmuasi () yoki Usmoniylar imperiyasi sultoni Murod II majmuasi (, 1444–1446-yillarda uzilish bilan), Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan tarixiy masjid. UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi Sulton Murod II tomonidan Bursada qurdirilgan masjid majmuasida oʻn ikkita qabr (türbe) mavjud boʻlib, ularning aksariyati sulton Murod II ning qarindoshlariga tegishliOverview in: Richard H. Turnbull, "The Muradiye Complex in Bursa and the Development of the Ottoman Funerary Tradition, " PhD dissertation, Institute of Fine Arts, New York University, 2004.. Majmua qurilishi Bursaning sharqiy hududida joylashgan Yashil masjid qurib bitkazilganidan keyin boshlangan. 1855-yilda sodir boʻlgan kuchli zilzila Murodiya majmuasining katta qismiga zarar yetkazgan, XIX asr oxirida majmuani qayta tiklash ishlari yakuniga yetkazilganOn the 19th-century restorations, see: Beatrice St. Laurent, „Léon Parvillée: His Role as Restorer of Bursaʼs Monuments after the 1855 Earthquake and his Contribution to the Exposition Universelle of 1867,“ in l’Empire ottoman, la République de Turquie et la France, ed. Hâmit Batu and Jean-Louis Bacqué-Grammont. Istanbul: Isis, 1986, 247–282.. Yana bir restavratsiya loyihasi 2015-yilda yakunlangan.
Majmua Murodiya masjidi, Murodiya madrasasi, Murodiya hammomi, Murodiya hospisi, favvora, epitafiyalar va koʻplab qabrlar, jumladan, Sulton Murod II maqbarasi, Shahzoda Ahmed, Chem Sulton, Shahzoda Mustafo, Mahidevran sulton, Gulshoh xotun qabrlari, Huma xotun maqbarasi, Sittishah xotun, Saroylilar va Shirin xotun qabrlarini oʻz ichiga oladiRichard H. Turnbull, "The Muradiye Complex in Bursa and the Development of the Ottoman Funerary Tradition, " PhD dissertation, Institute of Fine Arts, New York University, 2004..
Masjid majmuadagi 1426-yilda qurib bitkazilgan ilk loyiha edi. Bino soddalashtirilgan teskari T reja asosida qurilgan, old qismidagi ayvon gʻishtdan qurilgan, ustki qismi toʻrtta katta gumbaz bilan qoplanganAptullah Kuran, The Mosque in Early Ottoman Architecture. Chicago: University of Chicago Press, 1968, 71–72.. Minoralar soni ikkita, birinchi minora eski, ikkinchi minora esa XIX asrda sodir boʻlgan zilzila natijasida qulab tushgan va 1904-yilda qayta qurilgan. XVIII asr boshlarida masjidda yongʻin sodir boʻlgan, shu sababli keyinchalik mehrob rokoko uslubida qayta tiklangan.
Madrasa masjidning gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, markaziy hovlidan iborat, atrofi talabalar xonalari bilan oʻralgan, orqa tomoni esa gumbaz bilan qoplangan sinf xonasi hisoblanadi. Tashqi qismi gʻisht va toshdan qurilgan. Madrasaning oʻzida koʻplab restavratsiya ishlari amalga oshirilganligi tufayli binoning aynan qachon qurilgani haqidagi yozuvi mavjud emas. Masjiddagi yozuvda madrasa ham 1426-yilda sulton Murod II tomonidan qurilgani aytiladiAlbert Gabriel, Une capitale turque: Brousse, Bursa. Paris: E. de Boccard, 1958, vol. 1, p.111; Robert Mantran, "Les inscriptions arabes de Brousse, " Bulletin d’Etudes Orientales XIV (1954): 87–114, at 94.. Toʻq koʻk va firuza plitalar masjidning ichki qismini, gʻisht esa binoning tashqi qismini bezatib turadi.
Bir qancha manbalar sulton Murod II maqbarasining qachon qurilganligi haqida bir qancha qarama-qarshi maʼlumotlar beradi. Baʼzilar maqbaraning 1451-yilda uning vafotidan oldin qurilganini, boshqalar esa Murod II ning vasiyatiga binoan uning oʻgʻli Mehmed II tomonidan qurdirilgan deya maʼlumot berganOn the testament, see: Mithat Sertoğlu, "İkinci Murad’ın Vasiyetnamesi, " Vakıflar Dergisi 8 (1969): 67–69 and İsmail Hakkı Uzunçarşılı, . "Sultan II. Murad’ın Vasiyetnamesi, " Vakıflar Dergisi IV (1958): 1–18.. Kirish qismining ustida katta soyabon oʻrnatilgan boʻlib, relyef shaklida oʻyib ishlangan va yuzduz shaklidagi naqshlar bilan ishlov berilgan. Qoʻshimcha bino ichida yana toʻrta maqbara joylashgan boʻlib, ularga Alouddin Ali (qoʻshimcha bino ham aynan uning nomi bilan atalgan), shahzoda AhmetAlbert Gabriel, Une capitale turque: Brousse, Bursa. 2 vols., Paris: E. de Boccard, 1958, vol. 1, 118, Orhan va Shahzoda xotunning maqbaralari kiradi.
Qolgan oʻn bir qabr masjid va madrasaning janubida joylashgan boʻlib, sultonning qolgan oila aʼzolari qabrlari hisoblanadi. Ular, asosan, koʻk rangdagi polixrom sirlangan plitkalar bilan bezatilgan, faqatgina Shahzoda Mustafo va Mahidevran Sultonning qabrlari XVI asrga oid boʻyash usulida ishlov berilgan Iznik plitkalari bilan bezatilgan.
1950-yillarda madrasa sil kasalligi klinikasiga aylantirilgan, hozirda u yerda tibbiyot markazi joylashgan.
Galereya
Yana qarang
Mehmed I majmuasi Gulruh xotun Bulbul xotun
Manbalar
Havolalar
Kompleksning batafsil suratlari Muradiye majmuasi, Bursa, Archnet
Turkum:Bursadagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Bursadagi masjidlar Turkum:Turkiya meʼmoriy yodgorliklari Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar