Fantastic Four: First Steps – Marvel Comics superqahramonlari jamoasi Fantastik toʻrtlikka asoslangan amerikalik superqahramonlar filmi. Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan ushbu film Marvel Kino Olamining (MCU) 37-chi filmi sifatida moʻljallangan. Film Fantastic toʻrtlik filmlar seriyasining ikkinchi qayta boshlanishidir. Filmga Matt Shakman rejissyorlik qilgan, senariy esa Jeff Kaplan va Ian Springer, Josh Friedman, Cameron Squires, Eric Pearson, va Peter Cameronlar tomonidan yozilgan. Filmda bosh rollarni Pedro Pascal, Vanessa Kirby, Joseph Quinn va Ebon Moss-Bachrach Fantastic toʻrtlik jamoasining aʼzolari sifatida ijro etishadi. Ralph Ineson, Julia Garner, Paul Walter Hauser, John Malkovich, Natasha Lyonne va Sarah Niles hamda boshqa aktyorlar yordamchi rollarni gavdalantiradi. Filmda „Fantastic Four“ jamoasi 1960-yillarga oid retro-futuristik dunyolarini kosmik mavjudot Galaktusdan himoya qilishlari kerak boʻladi.

Mazmuni 1960-yillarga oid retro-futuristik yerda Fantastic toʻrtlik jamoasi oʻz uylarini kosmik mavjudot Galaktus va uning sirli elchisi Silver Surfer vayron qilishlaridan himoya qilishlari kerak.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2025-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar