Kurşunlu masjidi va majmuasi () – Turkiyaning Eskishehir shahri, Odunpazari tumanida joylashgan XVI asrga oid Usmoniylar masjidi va majmuasi.

Masjid Masjid va majmua Usmoniylar vaziri Choban Mustafo posho tomonidan 1517–1525-yillarda qurdirilgan. Binoning aynan qaysi meʼmor tomonidan bunyod etilgani nomaʼlum bo'lsa-da, uni Xoʻja Sinondan oldin (taxminan 1489/1490–1588) bosh meʼmor boʻlib ishlagan Acem Ali tomonidan loyihalashtirilgan deb ishoniladi. Masjidning ustki qismidagi gumbaz qoʻrgʻoshin bilan qoplangan. Binoning bitta gumbazi bor, devorlari toshdan qurilgan. Gumbazning ichki qismi qoʻlda oʻyib ishlangan naqshlar bilan bezatilgan. Masjid tarkibiga shodirvon, zaviya, haram, imorat, Mavlaviy shayxlari mavzoleyi va ikkita karvonsaroy kiradi.

Ijtimoiy majmua Ijtimoiy majmua yetti boʻlimdan iborat. Boʻlimlardan biri Eskishehirdagi sanʼat bozoriga aylantirilgan. Bozorda qoʻlda ishlangan anʼanaviy turk sanʼati namunalari, jumladan, sepiolit hunarmandchiligi, xattotlik, ebru sanʼati, gilam toʻqish, kumushdan yasalgan hunarmandchilik buyumlari va kashtachilik namunalari bilan tanishish hamda ularni xarid qilish mumkin.

Eskishehir sepiolit muzeyi sanʼat bozori boʻylab ijtimoiy majmua ichida joylashgan. Muzeyga kirish bepul.

Manbalar

Turkum:Eskishahardagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi Usmoniylar masjidlari